TERMODINAMIK HOLAT
TERMODINAMIK HOLAT – tashqi narametrlar va t-ra qiymatlari bilan aniqlanuvchi teromodinamik tizim holati. Termodinamikada tizim holatining tashqi va ichki parametrlari farq qiladi. Tizim parametrlari o’zaro bog’liq. Bosim, t-ra va solishtirma hajm uning asosiy parametrlari hisoblanadi. Agar tizim parametrlari vaqtning o’tishi bilan o’zgarmasa, stasionar holat deyiladi. Termodinamikada muvozanat va nomuvozanat holatlar mavjud.