Termos

Termos (Yun. thermos — issiq, qaynok) — ichiga solingan mahsulot trasini birday saklaydigan qo’sh devorli idish. Ro’zg’or va umumiy ovqatlanish T. lari bo’ladi. Ro’zg’or T.i — metall yoki plastmassa qobiq ichiga joylashtirilgan shisha idish. Tor va keng bo’g’izli qilib ishlab chiqariladi; tiqin va burama qopqoq bilan berkitiladi. Sig’imi 0,25— 3 l. Umumiy ovqatlanish T.ida oziq-ovqat mahsulotlari saqlanadi va tashiladi (sig’imi 30 l gacha). Issiq somsa, muzqaymoq va b. shu kabi mahsulotlar chakana savdosida qajmi 10 l gacha bo’lgan termolotoklardan foydalaniladi. Bunday T. alyuminiydan tayyorlanib, devorlari orasi buklama qog’oz, zar qog’oz va b. materiallar bilan to’ldiriladi. Og’zi qo’sh devorli qopqoq bilan berkitiladi.