TERMOYADRO REAKTSIYALARI

TERMOYADRO REAKTSIYALARI – juda yuqori t-ralarda engil atom yadrolarining o’zaro birikish jarayoni. Vodorodning 2 izotopi N2 (deyteriy) va N3 (tritiy) 1 kg aralashmasining o’zaro birikish reaktsiyasi .N2!,H3^2ne4q() n’Q17,5 MeV natijasida 801012 kal issiklik ajralib chiqadi. Bu 1 kg uran U235 yadrosining bo’linishida ajralib chiqadigan energiyadan 4 marta yoki 10 mln. kg kumir beradigan issiklik mikdoriga tengdir. Reaktsiyaga kirishuvchi yadrolar birbiriga YU15 m masofaga yaqinlashganda ular orasida yadro kuchlari tufayli o’zaro ta’sir yuzaga keladi. Yadrolarning bunday yaqin kelishiga ular orasida itarish kuchlari to’sqinlik qiladi. Bu qarshilikni engish uchun yadrolar taxm. bir necha yuz mln. gradus traga Moe katta tezlik bilan harakatlanishi kerak. Faqat ayrim T.r. natijasida engil atom yadrosi bo’linib bir necha yadrolarni hosil qilishi va juda ko’p mikdorda energiya ajralib chiqishi mumkin. T. r. natijasida asosan, yadrolarning qo’shilib bitta kattaroq yadroning hosil bo’lishi kuzatiladi. Engil yadrolar ancha past tralarda ham qo’shilishi mumkin. Chunki zarralarning tezliklar bo’yicha taqsimoti tasodifiy bo’lgani tufayli, energiyasi o’rta qiymatdan ortiq bo’lgan biror miqdor yadrolar g’ar doim bo’ladi. Bundan tashqari, yadrolar tunnel effekt natijasida ham qo’shilishi mumkin, bu hol juda muhimdir. Chunki tunnel effekt va b. kvant t-ra me’yorini ancha kamaytiradi. Shu sababli, ba’zi T.r. 107K tartibdagi tralardayoq etarlicha intensiv ravishda yuz beradi. Ayniqsa, deyteriy va tritiy yadrolari sintezi uchun sharoit yaratish qulay, chunki ular orasidagi reaktsiya rezonans xarakterga ega (,N2 va ,N3 yadrolarining birikishi uchun 7g+2O1O6K etarli). Ana shu moddalar vodorod bombasi (ya’ni termoyadro bombasi) zaryadini tashkil qiladi. Bunday T. r.ni amalga oshirish uchun kerak bo’ladigan Trani kuchli lazerlar bilan plazmani bir vaqtda nurlantirish yoki atom parchalanishi reaktsiyasi natijasida hosil bo’lishi mumkin. Atomvodorod bombasining portlashi jarayonida ajralib chiqqan issiqlik miqsori 50 mln. t trotil quvvatidan yuqoridir. Ammo vodorod bombasidagi portlash 1 mikrosekunddan kam vakt davom etadi va undagi T.r.ni boshqarish murakkab muammodir. T.r. borishini juda kichik vaqt davomida boshqarish termoyadro reaktorlari yordamida amalga oshiriladi. «Ogra», «Alfa», «Tokamak» (Sobiq SSSR), «Zeta», «skeptr» (Angliya), «Kolumbus», «Stellyator» (AQSh) termoyadro reaktorlarining vakillaridir. Reaktor T.r. beruvchi yoqilg’i gazi bilan yuqori bosimlar ostida to’ldirilib, elektr razryadi yoki lazer nuri yordamida yoqilg’i plazmasi hosil qilinadi. Plazma trasini me’yor darajasigacha ko’tarish, uni ushlash va boshqarish T.r. hosil bo’lishda muhimdir. «Tokamak» reaktorida plazmani 70 mln. K gacha qizdirish amalga oshirildi. Bu T. r.ni boshkarish mumkinligini isbotladi. Boshqariladigan termoyadro reaktsiyalarini amalga oshirish uchun biror hajmda 108k tartibli t-ra g’osil qilish va uni shu darajada sakG’tb turish zarur. Bunday trada har qanday moddadan idish devorlari bug’lanib ketadi. T.r.ni hosil qilish uchun kameradagi plazmaning trasi va katta zichligini ma’lum vaqt saqlash bilan birga plazmaning kamera ichki devoriga ta’sirini keskin kamaytirish muammosi mavjud. Shu sababli, reaktsiya kamerasi kuchli magnit maydoni ta’sirida bo’ladi va bu maydon plazmani kamera markaziga siqib boraveradi. Boshkariladigan termoyadro sintezini amalga oshirish insoniyatga bitmastugalmas energiya manbaini bergan bo’lar edi. Shuning uchun, boshkariladigan T.r.ni amalga oshirish borasida ko’p mamlakatlarda ishlar olib borilmoqda. Fc. Arsimovich L.A., Upravlyaemie termoyadernie reaktsii, M., 1963; Lukyanov S.Yu., Goryachaya plazma i upravlyaemiy lazerniy sintez, M, 1975.