Terrorizm

Terrorizm (lot. terror — qo’rqinch, dahshat) — siyosiy raqiblarni, muxoliflarni yo’qotish yoki qo’rqitish, aholi o’rtasida vahima va tartibsizliklar keltirib chiqarish maqsadidagi zo’ravonlik harakatlari (ta’qib qilish, buzish, garovga olish, qotillik, portlatish va b.). T. yakka tartibdagi va guruhli T. (mas., ekstremistik siyosiy to’dalarning harakatlari kabi) toifalarga bo’linadi. Siyosatshunoslikda davlat T.i tushunchasi g’am qo’llanadi (diktatorlik va totalitar rejimlarning repressiyalari). T. o’rta asrlardan boshlab barcha mintaqa va mamlakatlarda uchrab turgan. Lekin o’tgan asrning oxirlaridan uning yangi ko’rinishlari vujudga keldi (chet el davlatlari va hukumatlari rahbarlarini, ularning diplomatik vakillarini o’ldirish yoki o’g’irlash, elchixonalar, missiyalar, xalqaro tashkilotlarning binolarini portlatish, aeroportlar va vokzallarda portlashlar sodir etish, qavo kemalarini olib qochish, odamlarni garovga olish va h.k.). Xalqaro terrorizm keng tarqalib, T. oshkora siyosiy tus ola boshladi. Terrorchilar ayrim mamlakatlar hukumati va unga yaqin tuzilmalardan madad oladigan hollar yuzaga keldi. Ular tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlarning ijtimoiy xavflilik darajasi ortdi. Terrorchilar qo’liga yadroviy, kimyoviy, biologik qurol tushib qolishi xavfi kuchaydi, elektron terrorchilik paydo bo’ldi. Ko’p hollarda T. diniy ekstremizm, narkobiznes, separatizm bilan bog’likdigi, chatishib ketishi kuzatila boshladi. T. ga qarshi kurashni kuchaytirish bo’yicha aksariyat mamlakatlarda ko’p tomonlama konventsiyalar va qonun aktlari qabul kilindi. Jumladan, O’zbekiston Respublikasida «terrorizmga qarshi kurash to’g’risida» maxsus qonun qabul qilindi (2000 y. 15 dek.). Ushbu qonunda T. — siyosiy, diniy, mafkuraviy va b. maqsadlarga erishish uchun shaxsning hayoti, sog’lig’iga xavf tug’diruvchi, molmulk va b. ob’ektlarning yo’q qilinishi (shikastlantirilishi) xavfini keltirib chiqaruvchi hamda davlatni, xalqaro tashkilotni, jismoniy yoki yuridik shaxsni bironbir harakatlar sodir etishga yoki sodir etishdan tiyilishga majbur qilishga, xalqaro munosabatlarni murakkablashtirishga, davlatning suverenitetini, hududiy yaxlitligini buzishga, xavfsizligiga putur etkazishga, qurolli mojarolar chiqarishni ko’zlab ig’vogarliklar qilishga, aholini qo’rqitishga, ijtimoiysiyosiy vaziyatni beqarorlashtirishga qaratilgan, O’zbekiston Respublikasining Jkda javobgarlik nazarda tutilgan zo’rlik, zo’rlik ishlatish bilan qo’rqitish yoki boshqa jinoiy qilmishlar deb ta’riflanadi. Qonunda davlat organlarining T. ga qarshi kurash sohasidagi vakolatlari, terrorchilikka qarshi operasiyaning o’tkazilishi, terrorchilik harakati oqibatida etkazilgan zararni qoplash va jabrlangan shaxslarning ijtimoiy reabilitasiyasi kabi masalalar huquqiy asoslab berilgan. O’zbekiston Respublikasining JKga ko’ra, terrorchilik harakatlarini tayyorlash va sodir etish, bunday faoliyatda ishtirok etayotgan shaxslarga bevosita yoki bilvosita har qanday mablag’vositalar va resurelar berish yoki yig’ishga, boshqa xshmatlar ko’rsatishga qaratilgan harakat 8 y.dan 10 y.gacha ozodlikdan maxrum qilish bilan jazolanadi. Terrorchilik harakati odam o’lishiga, boshqa og’ir oqibatlarning kelib chiqishiga sabab bo’lsa, 15 y.dan 20 y.gacha ozodlikdan maxrum qilish yoki o’lim jazosi belgilanadi. T. ni tayyorlashda ishtirok etgan shaxs, agar u hokimiyat organlariga o’z vaqtida xabar berish yoki boshqa usul bilan og’ir oqibatlar yuzaga kelishining hamda terrorchilar maqsadlari amalga oshirilishining oldini olishga faol ko’maklashgan bo’lsa, basharti bu shaxsning xarakatlarida jinoyatning boshqa tarkibi bo’lmasa, jinoiy javobgarlikdan ozod etiladi. Ad.: Karimov I. A., O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari, T., 1997; Karimov I. A., Terrorizm xavfi to’g’risida, T., 2001; Karimov I., Vatanimizning tinchligi va xavfeizligi o’z kuchqudragimizga, xalqimizning hamjihatligi va bukilmas irodasiga bog’liq. T., 2004; Rajabova M, diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash muammolari, T., 2003. Mirzayusuf Rustamboev.