TERT
TERT — yem (kepak, kunjara) va dag’al ozuqa (xashak, somon va boshqalar) ning aralashmasi. Xashak suvda 2— 3 marta yuvilib, 25% gacha yem va mol boshiga 30 gramm osh tuzi qo’shilgach, aralashtiriladi, iliq (40— 50°) suvda 2— 3 soat ivitib qo’yiladi. Echki va qoramolga beriladi.