Tervelxon

Tervelxon — birinchi bulg’or podsholiginmng ikkinchi hukmdori (701 — 718). Asparux vafotidan keyin taxtga chiqqan. Dulo sulolasidan. 705 y. Vizantiyaning sobiq imperatori Yustinian II hokimiyatini tiklashga yordam bergan. Buning evaziga Yustinian II unga «qaysar» («kesar») unvonini va Zagora viloyatini bergan. 717-718 y.larda T. Vizantiya poytaxti Konstantinopolni qamal qilgan arablarni tormor keltirgan va bu bilan Vizantiyani ular xavfidan xalos etgan. T. davrida Bulg’oriya qudratli davlat bo’lib, Vizantiya unga o’lpon to’lab turgan. Uning vafotidan keyin mamlakatda hokimiyat uchun urushjanjallar boshlanib ketgan. Ad.: Kratkaya istoriya Bolgarii, M., 1987.