Teshikko’priktepa, eshak ko’priktepa

Teshikko’priktepa, eshak ko’priktepa — 5-13-a. boshiga oid arxeologik yodgorlik. Toshkent sh.ning «Hamza» metrosi styasi yaqinida (xalklar do’stligi shohko’chasida) joylashgan. T. ni bir necha marta o’lkashunos D. D. Bukinich (1930-y.lar), ToshDU arxeologiya kafedrasi (1950-y.lar), arxeologlar K. A. Shaxurin va yu.F. Buryakov (1962 y.da), Toshkent arxeologiya ekspedisiyasi (M. I. Filanovich va b., 1968 y.) tekshirgan. T. arkli, istehkomsiz manzilgoh. Bal. 6 m ga etadigan Ark xarobalari saqlangan. Dastlab manzilgoh xarobasining mayd. 500×600 m bo’lgan. Ark xom g’isht va paxsadan qurilgan yaxlit inshootdan iborat bo’lib, alohida xonalarga bo’lingan va kalin tashki devor bilan o’ralgan. Qal’a Markaziy qismidagi binolar 5-8-a. larga mansub. Arablar istilosi davrida (8-a.) binolar buzilgan va yonib, vayronaga aylangan. 9— 12-a.larda tepa hududi va arkida hayot tiklangan. Aholi temirchilik, metall buyumlar tayyorlash bilan shug’ullangan. T. Choch poytaxti Binkatnint atrofida joylashgan savdo hunarmandchilik qishloklaridan biri bo’lgan. 13-a. boshida butunlay xarobaga aylangan.