Teshikqal’a

Teshikqal’a — ilk o’rta asrlarga oid yirik qasr xarobasi (mil. 7-8-a.lar). Koraqalpog’iston Respublikasi, To’rtko’l tuman idagi Burgutqal’a vohasida joylashgan ilk o’rta asr me’morligi obidasi. Tarhi kvadrat bo’lgan qasr, atrofi qalin paxsa devor bilan o’ralgan. Markazda baland paxsa supa ustida ko’p xonali turar joy minorasi qad ko’targan. Uning devorlariga arkalar bilan bezatilgan yarim ustunlar (kolonnalar) o’rnatilgan. Devor bilan minora oralig’iga turar joy xonalari va xo’jalik ahamiyatidagi binolar qurilgan. T.q. 1938 y. S. P. Tolstoe rahbarlik qilgan arxeologik ekspedisiya tomonidan tekshirilgan. Mato parchalari, sopol idishlar, bezak buyumlari, tangalar topilgan. Ularni o’rganish afrig’iylar madaniyatini tadqiq etishda asos bo’lib xizmat qilgan.