Teshiktosh odami

Teshiktosh odami – Teshiktosh tridan topilgan neandertallar vakilining suyak qoldig’i. A. P. Okladnikov o’rgangan (1938-39). Ko’pgina tadqiqotchilarning fikricha, T.o. suyak qoldiqlari 8-9 yoshdagi bolaniki bo’lgan. Bola dafn qilingan joy atrofida tog’echkisining bir necha juft shoxi yotgan. Marhumni qabrga turli buyumlar bilan ko’mish, dastlabki diniy tasavvurlarning paydo bo’la boshlaganligidan dalolat beradi. T.o. kalla suyagining hajmi katta (1490 sm3), uning qopqog’i pitekantrop yoki sinantropnnknga nisbatan balandroq. Biroq hoz. bolalarnikidan pastrokdir. M. M. Gerasimov kalla suyagi asosida T.o.ning yuz tuzilishini tiklagan (1949). 1973 y. antropolog V. P. Alekseev T. o.ni to’la o’rganib, skelet qiz bolaga tegishli bo’lib, u inson evolyusiyasining neandertal fazasiga mansub ekanligi va Evropa yoki Old Osiyo guruhiga kirishini bildirgan.