Tessin

Tessin (Tessin) — otabola shved me’morlari. Shved klassisizmi etakchi namoyandalaridan. Nikodemus T. Katta (1615.7.12, Shtralzund — 1681.24. 5, Stokgolm) — flamandlik. 1639 y.dan Shvesiyada yashagan. 1649 y.dan saroy me’mori. Stokgolm yaqinidagi Drotingxolm saroyi (1662-70, shved klassisizmi noyob yodgorliklaridan), Kalmardagi sobor (1660-80), Gyoteborgdagi Gustav Adolf maydoni ansambli ratushasi bilan (1669) va b. Ijodida italyan va frantsuz barokkosiga suyangan. Nikodemus T. Kichik (1654.23.5, Nyuchyoping — 1728.10.4, Stokgolm) — Nikodemus T. Kattaning o’g’li. Otasidan saboq olgan. Ijodida o’ziga xoslik Rim barokko me’morligi va L. Bernini ijodi ta’sirida shakllangan. 17-a. palladiochilik uslubidan foydalangan: Stokgolmdagi podshoh saroyi (qurilishi 1680 y. boshlangan, 1697-1760). Podshoh maqbarasi (1671 — 1743, otasi va K.Xorleman bilan hamkorlikda, K.Xorleman nihoyasiga etkazgan) va b. Stokgolm markazi rekonstruktsiyasining loyihasini yaratgan (qisman amalga oshgan.)