Tetis

Tetis [yunonlarning dengiz ma’budasi (Thetis) nomidan] — mezozoykaynozoy boshlarida O’rta dengiz geosinklinal mintaqasida mavjud bo’lgan qad. dengiz havzalari sistemasi. «T.» termini 19-a.ning oxirlarida E. Zyuss tomonidan taklif qilingan. Ilgari T. egallagan oblastlar avstraliyalik paleontolog M.Neyman tomonidan Markaziy O’rta dengiz deb atalgan. Natijada «T.» termini o’sha regionning paleozoy okeanida Paleotetis nomi bilan tarqalgan. Neogenda T. o’rnida Alp—Himolay tog’ mintaqasi vujudga kelgan. Paleogenneogen dengizlari — mezozoy T.ining qoldiqlari Paratetis; uning relikti hoz. zamon O’rta, qora va Kaspiy dengizlari va Fors qo’ltig’idir.