Texnika ekinlari

Texnika ekinlari – sanoatning turli tarmoqlari uchun xomashyo beradigan qishloq xo`jaligi o`simliklari. Qanday mahsulot olinishiga qarab bir necha guruhga bo`linadi: kraxmalli ekinlar (kartoshka, batat – shirin kartoshka va b.), qandli ekinlar (shakarsamish, qand lavlagi va b.), moyli ekinlar (kungaboqar, yeryong`oq, soya, kanakunjut, kunjut, zig`ir, gorchitsa, zaytun, tung va b.), efir moyli ekinlar (yalpiz, geran, atirgul, lavanda, koriandr va b.), tolali o`simliklar (paxta, uzun tolali zig`ir, jut, kanop, kanoplya va b.); bundan tashqari, guttaperchali, dorivor, oshlovchi, bo`yoq beruvchi va h.k. ekinlar bo`ladi.