Tezoqar

Tezoqar — suvning oqimini kanalning balandlikda joylashgan qismidan pastroq qismiga katta tezlikda o’tkazadigan qisqa kanal yoki Nov shaklidagi gidrotexnika inshooti. T. beton, temirbeton, xarsang tosh kabi mustahkam qurilish materiallaridan quriladi. T. ning hajmi, nishabi qo’llanilayotgan material dosh berishi mumkin bo’lgan eng katta oqim tezligi hisobga olingan holda belgilanadi. T.ning suv sarfi bir necha m3/s dan yuzlab m3/s gacha bo’lishi mumkin. Oqim tezligini kamaytirish uchun T. tubida, ba’zan esa yon devorlarida kvadrat yoki to’g’ri burchakli kesimdan iborat qovurg’a shaklidagi g’adirbudirlar (qabariq shakllar, dumalok, toshlar) hosil qilinadi. Bular odatda T. qurilgan materiallardan yasaladi. T. boshlanish qismi (ponur); tezoqar Nov (shovva), so’ndirgich (suv qurilma qism energiyani so’ndirgich) va novni kuyi kanal bilan tutashtiruvchi chiqargich qismlardan iborat bo’ladi. T. ning bosh qismi yuqoridagi kanalni Nov bilan ravon bog’laydi; novning ko’ndalang kesimi to’g’ri to’rtburchak yoki trapesiya shaklida, eni o’zgaruvchan yoki doimiy bo’ladi. O’zgaruvchan enli T.da oqim eni (shovva) torayadi yoki kengayadi. O’rta Osiyodagi sug’orish sistemalarida (Xorazm viloyatidagi G’azovot, polvon, Samarkand viloyatida Miyonqol, Toshkent viloyatidagi shim. Toshkent va b. kanallarda) shovvaning yuqori qismi keng, pastki qismi tor bo’lgan yangi konstruktsiyadagi T. qurilgan. Bu esa suvning novda ravon yoyilib oqishini va inshootlarning mustahkam va uzoq mudsat ishlanishi ta’minlaydi (q. Sharshara). Ziyomiddin Artukmetov.