Tezyurar poyezd nima?

Bir mahallarda poyezdlar ancha sekinlik bilan yo’l bosgan. XIX asrda Viktoriya malikasi, masalan, qirol ketayotgan poyezdning soatiga 48 kilometrdan tez yurishiga ruxsat bermagan. Hozirgi paytda butun dunyoda tezyurar poyezdlar qatnayapti. Eng tezyurar poyezd — bu Fransiyada Lion va Parij shaharlari o’rtasida (oraliq masofa 425 kilometr) qatnaydigan poyezddir. Bu poyezd soatiga 270 kilometrgacha yurishi mumkin, uning o’rtacha tezligi 212,5 km\soatdir. Shunday qilib, unda 2 soat sayohat qilishingiz mumkin. Yaponiya poyezdlaridan biri «bulli»ning o’rtacha tezligi 200 km/soatga yetadi. Rossiyada «Russkaya troyka» poyezdi ana shunday tezyurar poyezdlar xiliga kiradi, u Moskva—Sankt-Peterburg o’rtasida qatnaydigan poyezddir. Lokomotiv yordamida harakatlanuvchi tezyurar poyezd katta tezlikka erishadi va odatdagiday, elektr tortqich (tyaga) asosida ishlaydi. Har bir Lokomotiv o’z tartib raqamli tamg’alariga ega bo’lib, bu raqamlar yetaklovchi va ko’tarib turuvchi o’qlar miqdorini ko’rsatadi. Fransiyada poyezd tartib raqamlarini shakllantirish quyidagicha kechadi: birinchi va oxirgi raqamlar ko’tarib turuvchi o’qlar miqdorini, o’rtadagi raqamlar esa yetaklovchi o’qlar sonini ifodalaydi. Masalan, «Basifiya» poyezdi 231 raqamli. Demak, bu poyezdning ikkita oldingi ko’tarib turuvchi, 3 ta yetaklovchi va 1 ta keyingi ko’tarib turuvchi o’qlari bor. Mexanika bir joyda qotib turmaydi. Yaponiyalik muhandislar g’ildiraksiz, oshih-moshiqsiz yuradigan poyezdni yaratish ustida ishlamoqdalar. Buning uchun unga havoli yostiq kerak bo’ladi, xolos. Nega bo’lmas ekan? Axir, havoli yostihda suzadigan dengiz kemalari allaqachonlardan beri bor-ku?!