THIMPHU

THIMPHU — Butan poytaxti. Sharqiy Himolay tog’larida, Chinchu daryosi (Brahmaputra havzasi) vodiysida. Aholisi 30 ming kishidan ziyod (1998). Mamlakatning diniy markazi. Aeroport bor. Savdosanoat markazi. Yog’ochsozlik va oziq-ovqat sanoati korxonalari, issiqlik elektr stansiyasi bor. Thimphudagi Dzong qal’asida qirol qarorgohi joylashgan.