TIKANLAR

TIKANLAR, pixlar (hayvonlarda) — teri ustidagi uchli qattiq tuzilmalar. Asosan, himoya funktsiyasini bajaradi. G’ovaktanlilar tikani kremnozyomli, bir necha nurli bo’lib, tayanch skelet funktsiyasini bajaradi. Ignaterililar tikani ohak ignalardan iborat. Suyakdor baliqlarda Tikanlar — suzgich qanotning (asosan, chetlarida joylashgan) bo’g’imlarga bo’linmagan suyakli nurlari. Ba’zi sut emizuvchilar (exidnalar, proexidnalar, tipratikanlar, jayra va hokazolar)ning shoxsimon Tikanlari uchli va yo’g’on, ko’rinishi o’zgargan tuklardan iborat.