TILLITLAR
TILLITLAR (ing. tillite, till — valun gili) — muzlik yotqiziklari, morenalar. Zichlashgan, Saralanmagan hosilalar bo’lib, dag’al chaqiq jinslardan tarkib topgan, ba’zan metamorfizmga uchragan. T. tarkibida valunlar bo’lgan mayda donador massadan iborat. Dengiz cho’kindilari va muzning tarqalishi natijasida hosil bo’ladigan dengiz T. (akvatillitlar) va pastki katlamdagi tub jinslarning harakatdagi muzlarida ularning tarkibida aks etadigan kontinental T. farq qilinadi. T. qad. muzlanishning qoldiklari bo’lib (q. Paleoiqlimshunoslik), ular erta proterozoydan va deyarli hamma kontinentlarda kechki proterozoy qatlamlarigacha ma’lum. T.ning gorizontlari Sharqiy Evropa platformasining yuqori rifey qatlamlari, Afrika, Avstraliya, Xitoy, O’rta Ural va Tyanshanning kechki proterozoy qatlamlarida uchraydi. T.ning qalinligi o’nlab va yuzlab m ga etadi. T. dan stratigrafiya, paleogeografiya muammolarini echishda hamda cho’kindi foydali qazilmalari (temir rudasi) konlarini bashoratlashda foydalaniladi.