Tim
Tim-qadimda asosan yirik shaharlar markazida, ochiq bozor va karvonsaroylar yonida qurilgan savdo rastalari. Timlar katta-kichik har xil do’kon va ustaxonalarni birlashtirgan. Davlat tomonidan qurilgan timlardan ungan soliq davlatga, shaxsiy timlardan ungan soliq tim egasiga tekkan. Tim O’rta Osiyo, Ozarbayjon va Yaqin Sharq mamlakatlarida ko’p bo’lgan. Abdullaxon timi Buxorodagi eng katta savdo rastas bo’lgan.