Timan kryaji

Timan kryaji Sharqiy Evropa tekisligining shim. sharqidagi qirlar. Shim.g’arbda Barents dengizining Chesha qo’ltiqchasidan Jan. sharkda Vichegda daryosining boshlanish erigacha cho’zilgan (RF Komi Respublikasi va Arxangelsk viloyatida). Uz. 900 km ga yaqin. T.k. granit, sienit, kristalli slanes kabi jinslar bilan, er usti esa antropogen davri quruqlik va dengiz etqiziklari bilan krplangan. Eng baland joyi 471 m (Chetlasskiy Kamen). T. k.ning shim. qismi tundra va o’rmonli tundra, Jan. kismi tayga zonasida (qoraqarag’ay, oqqarag’ay, qarag’ay o’sadi). Titan minerallari (Yarega), boksit (Chetlasskiy Kamen), neft va gaz (US, Vuktil va b.) konlari bor.