Tinbergen (Tinbergen) Yan

Tinbergen (Tinbergen) Yan (1903.12.4, Gaaga 1994, Rotterdam) — golland iqtisodchisi, hoz. zamon matematik ekonomiya vakillaridan biri, Niderlandiya FA a’zosi. 1933 y.dan Rotterdmdagi Niderlandiya iqtisodiy fanlar maktabi prof., 1945-55 y.larda Markaziy rejalashtirish byurosi rahbari, 1965-70 y.larda BMTning rejalashtirish bo’yicha qo’mitasi raisi. Ilmiy ishlari iqtisodiy siyosat nazariyasi, iqtisodiy rivojlanishni dinamik modellashtirish, «xufiya» narxlar kontsepsiyasi, tsiklik iqtisodiy tebranishlar masalalariga bag’ishlangan. T. «kapitalistik samaradorlik» va «sosialistik tenglik»ka asoslangan «oqilona tuzum» g’oyasini olg’a surgan. Asosiy asarlari: «AQShdagi iqtisodiysikllar. 1919— 1939 y.lar» (1939), «iqtisodiy siyosat nazariyasi», 1952; «rivojlanishni rejalashtirish», 1968; «siyosat va daromadlar taqsimoti taxlili», 1975 va b. Iqtisodiyot sohasidagi birinchi Nobel mukofoti laureati (1969; R. Fisher bilan birga).