Tireotrop gormon, TTG, tirotropin, tireostimullovchi gormon

Tireotrop gormon, TTG, tirotropin, tireostimullovchi gormon — odam va umurtqali hayvonlar gipofiz bezining oldingi bo’lagida ishlanadigan gormon. Qalqonsimon bez faoliyatini boshqaradi; uning asosiy gormonlari — tiroksin va triyodtironin ajralishi hamda sinteziga ta’sir etadi. Kimyoviy tabiatiga ko’ra, glikoproteid, mol. m. 28000-30000. T.g. qalqonsimon bez follikulalarida tireoglobulin parchalanishini hamda krnga tiroksin va triyodtironin ajralishini kuchaytiradi. Follikulyar hujayralar ko’payishiga, yod yutilishi va tiroksin sinteziga ta’sir etadi. T.g. sintezi va sekresiyasini Markaziy nerv sistemasi xamda gipotalamus boshqaradi. Qonda tireoid gormonlar miqdori oshganda T.g. sekresiyasi tormozlanadi, natijada tiroksin va triyodtironin kam ajraladi. Adrenalin va kortikosteroidlar T.g. sekresiyasini kamaytiradi.