Tiruvanantapuram, Trivandram
Tiruvanantapuram, Trivandram — Hindistonning Jan. qismidagi shahar, Malabar soxilida. Kerala shtatining ma’muriy markazi. Aholisi 525 ming kishidan ziyod (1990-y.lar o’rtalari). Transport yo’llari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Mamlakatning savdo va sanoat markazlaridan. To’qimachilik, yog’ochsozlik, rezinatexnika, kimyofarmasevtika, poligrafiya sanoati korxonalari bor. Kauchuk va kopraga ishlov beriladi. Badiiy hunarmandchilikda fil suyagi, qora yog’ochdan turli buyumlar tayyorlanadi. Unt bor. T. qadimda Travankur rojaligining poytaxti bo’lgan. Turizm rivojlangan. T. yaqinidagi Tumbu i.t. markazidan Hindistonning birinchi sun’iy yo’ldoshi uchirilgan.