Tish

Tish — odam va ko’pchilik jag’og’izli umurtqali hayvonlar og’iz bo’shlig’i (ba’zi balikdar halqumi)dagi suyak tuzilma; ovqatni tishlab uzib olish, chaynash va tutib turish uchun xizmat qiladi. Odamda bundan tashqari, ba’zi tovushlarni talaffuz etishda ham qatnashadi. Embrional rivojlanish davrida T. epitelial burmalar — tish plastinkalaridan hosil bo’ladi. Homiladorlikning 5haftasidayoq hrmilada T. shakllana boshlaydi. T. lar ketma-ket joylashib, tish yoyi yoki qatorini hosil qiladi. Katta yoshdagi kishilarda har bir tish qatorida shakli va ildizlar soni bilan bir-biridan farq qiladigan 16 ta T.: 4 ta kesuvchi, 2 ta qoziq, 4 ta kichik jag’va 6 ta katta jag’T. joylashgan.Yuqorivapastkit.qatorlari ma’lum munosabatda jipslashadi. Odatda, sut va doimiy T.lar bo’ladi. Sut T.lar doimiy T.lar shakliga o’xshash, lekin kichik va ildizi birmuncha kaltaroq; ular emizikli yoshda yorib chiqadi va doimiy T. lar bilan almashguncha, ya’ni 12— 13 yoshgacha turadi. Bolalar T.ining shakllanishida ayolning homiladorlik davrida sifatli ovqatlanishi va bolalarni to’g’ri ovqatlantirish (q. Go’dak) muhim ahamiyatga ega. Tish tuzilishi. T. koronka, bo’yin va ildizdan iborat; koronka va ildizni T. bo’yni chegaralab turadi. T. bo’yni toraygan bo’lib, uning atrofidagi shilliq qavat milk bilan o’rab olingan. Koronka va ildiz ichida T. bo’shlig’i hamda ildiz kanallari bor. Kanal ildiz oxirida teshik orqali T. bo’shlig’iga ochiladi, bu teshik orqali T. bo’shlig’iga qon tomirlari va nerv tolalari o’tadi. T.ning asosiy qismini dentin tashkil etadi. Koronka kismi emal, ildizi suyak to’qima (tsement) bilan qoplangan. T. ildizi va suyak katakchasi orasida uni ushlab turuvchi boylamlar (paylar) bor; ularni ildiz qobig’i yoki periodont deyiladi. Periodontdan T. bo’shlig’iga T.ni oziklantiruvchi tomirlar va nervlar kiradi. T. ichidagi bo’shliqsa T. eti yoki pulpa bilan to’lgan ildiz kanali bor. Pulpa g’ovak biriktiruvchi to’qima, tomirlar, nervlar va har xil hujayralardan tuzilgan; pulpada T. dagi qattiq to’qimalarning moddalar almashinuviga yordam beradigan hujayralar — odontoblastlar bor; ulardan kanalchalar orqali dentin ichiga kirib boruvchi shoxchalar (tarmokchalar) chiqadi. T. kurtagida birinchi dentin, keyin emal hosil bo’ladi. Avval ular, asosan, organik moddalardan iborat o’ziga xos to’qimadan tuzilgan bo’lib, keyinchalik homiladorlikning 5oyi oxiriga kelib, bu oraliq moddalarga mineral moddalar, asosan, kaltsiy tuzlari singiy boshlaydi. Mineral tuzlar kristall holida o’tirib, emal va dentinga qattiqlik beradi. Sut hamda doimiy T.larning dentin va emaldan tuzilgan koronkasi T. chiqishidan oldinoq shakllanib bo’lgan bo’ladi. Emal juda qattiq bo’lib, tarkibida 96% gacha, dentinda esa 72% cha anorganik (mineral) moddalar bor. Tish chiqishi ma’lum muddat va tartib asosida bo’ladi. Bolalarda birinchi bo’lib pastki, keyin yuqori kesuvchi T.lar chiqadi (6-8 oygacha); bola 8-12 oyligida avval pastki yon, keyin yuqorigi yon kesuvchi T.lar chiqadi. So’ngra tartib bilan birinchi jag’ (12— 16 oy), qoziq (16-20 oy) va ikkinchi jag’T. (20-30 oy) chiqadi. Sog’lom bolalarda bu muddat bir oz ilgariroq yoki kechroq kechishi mumkin. Ko’pincha bola 2 yasharligida 20 ta sut T. chiqib bo’ladi. T. chiqishi fiziologik jarayon bo’lib, odatda, og’riq bilan kechadi; bu davrda bola isitmalashi, milki yallig’lanib, qichishishi mumkin; u bezovta bo’la boshlaydi va qattiq narsalar (qoshiq, suyakdan qilingan va b.) ni milkiga ishqalagisi keladi; so’lak bezlarining faoliyati tezlashganligi tufayli ko’p so’lak ajrala boshlaydi, bolada betoblik alomatlari paydo bo’lsa, darhol vrachga ko’rsatish zarur. Doimiy tlar 5-6 yoshdan chiqa boshlaydi; dastlab birinchi katta jag’T. (sut jag’T.lar orqasidan) chiqadi. 6-8 yoshda Markaziy kesuvchi T. (oldin pastki, keyin kjrrigi); 9-10 yoshda yon kesuvchi T. lar, 12-14 yoshda qoziq va kichik jag’ T. sut T.lar o’rniga almashinib chikddi. Ikkinchi katta jag T. 14 yoshda, akd T. esa, odatda, 16 dan 25 yoshgacha chiqadi. Doimiy T. lar chiqishidan oldin sut T.lar ildizi so’rila boshlaydi; bu chiqib kelayotgan doimiy T.lar koronkasi tegib turgan erdan boshlanadi. Odatda, T. ovqatni uzib olish va chaynash funktsiyasini bajaradi. Chaynash ovqat hazm qilishning boshlanishi bo’lib, ovkatni T. bilan maydalash va so’lak bilan aralashtirishdan iborat. So’lak tarkibidagi fermentlar ta’sirida og’iz bo’shlig’ida ovqatni hazm qilish boshlanadi. Ovqatni og’izda yaxshilab maydalash me’dada uning to’la g’azm bo’lishiga imkon beradi. T. butunligi buzilsa yoki og’riydigan bo’lib qolsa, ovqat hazm qilish ham izdan chiqadi. Tish anomaliyasi (T.ning qing’irqiyshiqo’sishi)harxilbo’ladi:ayrimlari faqat xunuk ko’rinsa (kosmetik nuqson), boshqalarida chaynash buzilishi mumkin. Mac, bir guruh T.ning tug’ma bo’lmasligi yuz tuzilishini o’zgartirib yuboradi. Ba’zan ayrim doimiy T. shakllanib bo’lgan bo’lishiga qaramay, chiqmasdan jag’ichida qolib ketadi (retinirlangan T.). Ko’pincha qoziq yoki aql T. shunday buladi. T. shakllanishining buzilishi homiladorlik davrida noto’g’ri ovqatlanish bilan bog’liq bo’lishi ham mumkin. Bolalar jag’ining bir oz o’smay qolishiga chirigan sut T.larni erta olib tashlash yoki doimiy T. kurtagining sut T. atrofidagi yallig’lanish oqibatida irib, yo’qolib ketishi sabab bo’ladi. Ba’zan «ortiqcha» T. chiqadi yoki zich joylashib qoladi, ko’pincha Markaziy kesuvchi T. orasida katta oraliq — diastema bo’ladi; agar T. o’rni bo’lmasa T.lar o’z qatori tashqarisidan chiqadi. T. ning juda. erta yoki kech chiqishi T. chiqishi buzilganligidan darak beradi. T. ning kech chiqishi ko’proq nimjon (me’daichak funktsiyasi buzilgan, zotiljam, raxit bo’lgan) bolalarda kuzatiladi. Ko’pincha jag’suyagining o’sishi tugaganda aql T. chiqishi qiyinlashadi. Bunda to’liq chiqib ulgurmagan T. koronkasini qoplab turgan milk yallig’lanadi, o’z vaqtida davo qilinmasa, yallig’lanish jag’suyagi pardasiga tarqaladi (q. Periostit). T.ning shakllanishi va chiqishi davrida o’zgarishlar bo’lsa, bolani stomatolog vrachga ko’rsatish zarur, u kasallanish sababini aniklab, tegishli davo tayinlaydi; lozim bo’lsa, soha mutaxassislari jalb etiladi. T. paydo bo’lishi va shakllanishi davrida bola organizmida moddalar almashinuvining buzilishi (o’tkir infektsiya, to’liq ovqatlanmaslik) natijasida T.ning qattiq to’qimasi to’la rivojlanib ulgurmaydi (bu emal gipoplaziyasi deb ataladi). Ba’zan dentin emal bilan qoplanmay qoladi. Bundam tish, odatda, «ogrimaydi», lekin chirigan bo’ladi, shuning uchun bolani vaqtvaqti bilan stomatolog vrachga ko’rsatib turgan ma’qul. Tish shikastlaridan uning qimirlab qolishi (tushishi), koronkasining bir kismi chetnashi, ildizi sinishi ko’proq uchraydi. Bunda T. qattiq og’rib, atrofidagi to’qimalar shishadi. T. shikastlanganda o’z vaqtida stomatolog vrachga murojaat qilish kerak. T. yangi shikastlanganda davo qilinsa, uning ildizi saklab qolinadi. Tish kasalliklaridan eng ko’p tarqalgani uning chirishidir (q. Tish chirishi). T. kasalliklarining vujudga kelishida T.da hosil bo’ladigan qatlamlar muhim rol o’ynaydi (q. Tish toshi). T. chirishi o’z vaqtida davolanmasa, pulpaga utib, uni yallig’lantiradi (q. Pulpit), keyinchalik yallig’lanish T. atrofidagi to’qimaga o’tadi (q. Periodontit). Hatto chirib emirilgan T.ni muddatidan oldin olib tashlash bola jagining o’sishini tuxtatadi va T. rivojlanishining buzilishiga olib keladi. Agar T. atrofida yallig’lanish bo’lsa, ko’pincha doimiy T.lar kurtagi shikastlanadi. Lekin doimiy T.larning chiqishiga sut T. lar to’sqinlik qilayotgan bo’lsa, ularni olib tashlash uchun stomatologga murojaat kilish kerak. Doimiy T.larni olib tashlash esa organizm uchun zararsiz deb bo’lmaydi. T.ni davolab bo’lmagan takdirdagina olib tashlanadi. T. chirishidan tashqari flyuoroz, T. ning patologik siyqalanishi va gipersteziyasi (sezuvchanligi ortishi) kabi kasalliklari ham uchraydi. Tish flyuorozi ichiladigan suvda ftor mikdori ortib ketishi bilan boglik, bo’lib, uning oldini olish uchun suv ftorsizlantiriladi. T. ni va og’iz bo’shlig’ini to’g’ri parvarish qilish T. kasalliklarining oldini olish va o’z vaqtida davolash imkonini beradi; yilda 2 marta stomatolog vrachga ko’rinib, u tavsiya etgan turli profilaktik chora va davoni bekamu kust bajarish T. holatini yaxshi saklashda muhim rol uynaydi. Ad.: Ahmedov N., Sodiqova 3., Normal anatomiya va fiziologiya, T., 2004.