TISHLER ALEKSANDR GRIGOREVICH
TISHLER ALEKSANDR GRIGOREVICH [1898.14(26).7, Melitopol 1980] teatr rassomi, grafik, haykaltarosh; O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1943). Kiyev badiiy bilim yurtida ta’lim olgan (1912-17). Tishler asarlari majoziy obrazlari, bezakdorligi bilan ajralib turadi. Tishlerning «ayol va aeroplan» kartinasi (1927), «grajdanlar urushi» (1922-55), «Maxnochilik» (1922 — 65), «fashizm» (1966-68) turkumlari, kichik shakldagi haykallari bor. Tishler o’zbek teatr dekorasiyasi san’atiga ham hissa qo’shdi: Hamza teatrida «Muqanna» (1943), opera va balet teatrida «Karmen» operasi (1943-44) va boshqalar.