Tishlibaliq sizga javob tariqasida: «nega siz buni «mo’ylov» deysiz? Bu umuman mo’ylov emas!» deyishi mumkin. Bu o’simtalar mushuk mo’yloviga o’xshaydi, shu bois uni ba’zan mushukbaliq ham deyishadi. Aslida tishlibaliqlar mana shu mo’ylovlari yoki paypaslagichi bilan atrofida nimalar kechayotganini bilib oladi. Bu baliqlarning yana bir xususiyati — mushukka o’xshashligi. Uni tutganingizda guvullagan yoki vaqirlagan ovoz chiqaradi, bu ovoz sal-pal mushukning miyovlashini eslatadi. Tutish oson bo’lgani uchun bolalar bu baliqni yaxshi biladi. U qizil ipdan tortib, chuvalchanggacha, duch kelgan narsani yeyaveradi. Tishlibaliq o’z nasliga g’amxo’rdir, o’z uyasini qo’riqlaydi va juda tez ko’payadi. Tishlibaliqlar turi 2000 dan oshiq. Yevropa tishlibalig’ining bo’yi 3 metrgacha chiqadi, og’irligi 180 kilogrammni tashkil etadi. Missisipi va Buyuk ko’llarda uchraydigan ayrim turlarining og’irligi 68 kilogrammgacha chiqadi. Ko’p tishlibaliq, ayniqsa Chezapik qo’ltigi va Potomak daryolarida uchraydigan oq baliqlar, Janubiy daryolarda uchraydigan ko’k tishli baliqlar, toshosti baliqlar juda mazali bo’ladi. Ayrim tishlibaliqlarning g’alati odatlari bor. Janubiy Amerikada yashaydigan bir turi quruqlik orqali ariqdan ariqqa sayr qilib yuradi, uning yana bir turi esa nasl qoldirish uchun o’simliklar poyasidan uya quradi. Afrikada hatto elektrli tishli baliq bo’lib, u o’z toki bilan sezilarli darajada urishga hodir. Nilda yashaydigan tishlibaliq dushmanlari nigohini o’zining qora qorni bilan balandga, oq yelkasi bilan pastga sho’ng’ib chalg’itadi.

Aslida, tamakidan tashqari ayrim sabzavotlarda ham nikotin moddasi uchraydi

Ovqatni shoshilmasdan yaxshilab chaynab eyish tavsiya etiladi

Gulkaram ortiqcha vaznning dushmani, hazm tiziminig do’stidir

Orangutanlar tabiatdan soyabon topa oladiga maymunlardir

Aleksandriya – dunyoning ilk yirik kutubxonasi bo’lgan

Pingvinlar tabiatan komik aktyorga o’xshaydi

Bu faktlar haqida bilarmidingiz?

Hayvonlar insonlarga nisbatan ancha ko’p ranglarni ko’ra oladi

Spirtli ichimliklardan bir oyga voz kechish jigar faoliyatini sezilarli darajada yaxshilaydi
