Titan

Titan (Titanum), Ti — Mendeleev davriy sistemasining IV guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 22, at. m. 47,88. T. oraliq metallarga kiradi. T. massa sonlari 46 (7,95%), 47(7,75%), 48(73,45%), 49(5,51%), 50(5,34%) bo’lgan 5 ta barqaror izotopdan iborat. Uning bir necha sun’iy radioaktiv izotoplari ham ma’lum. 1795 y.da nemis kimyogari M. Klaprot TiO2 (rutil) noma’lum elementning oksidi ekanligini aniklagan va o’sha elementga T. nomini bergan [T. nomi Yun. afsonasidagi titanlar — uran (Osmon) va Geya (er)ning bolalari nomidan olingan]. 1925 y.da Niderlandiya olimlari Vanarkel va de Bur titan (IV) yodidni cho’g’holatidagi volfram Simda parchalash yuli bilan sof T.oldilar. T. Er po’stining massa jihatidan 0,57% ni tashkil qiladi. T. tabiatda titan (1U)oksid TYU2 (rutil, anataz, brukit), temir titanat (yoki ilmenit) FeTiO3, kaltsiy titanat (yoki peroskvit) CaTiO, holida uchraydi. Ilmenit ko’pincha magnetit bilan qo’shilib FaTiO3 nFe3O4 tarkibli titan magnetitlar hosil qiladi. Bu mineral T.ning muhim rudalaridan. T. po’lat kabi yaltiroq qattiq metall. Suyuqlanish trasi 1668±5°, qaynash trasi 3227°, zichligi 4,51 g/sm3. T. mustahkam va plastik, oson bolg’alanadi va yoyiladi (prokatlanadi), odatdagi trada juda kuchsiz qaytaruvchi. T. sirtida oksid parda hosil bo’lganligidan korroziyaga bardoshliligi jihatidan zanglamas po’latdan ham ustun turadi. U havoda oksidlanmaydi, dengiz suvida zanglamaydi, agressiv kimyoviy muhitlarda ham o’zgarmaydi. T. suyukdanish trasida eng faol metallar qatoriga o’tadi. Kizdirilganda deyarli barcha elementlar bilan birikadi. Metallar bilan qattiq eritmalar va intermetalik birikmalar hosil qiladi. 600° dan yuqori t-Rada havo kislorodi bilan oksidlanib, T. (1U)oksid TYU2 ga o’tadi. 700°dan yuqori trada azot bilan T. nitrid TiN hosil qiladi. 300°dan yuqori trada vodorod xlorid bilan reaktsiyaga kirishib, T. (1U)xloridga aylanadi. T. kontsentrlangan sulfat kislota bilan reaktsiyaga kirishib, T. sulfat Ti(SO4)2 va sulfit angidrid SO2 hosil qiladi. T. ning H2Ti03 va N2TYU4 tarkibli kislotalari N4TYU5 va H4Ti08 tarkibli peroksokislotalari ma’lum. T. o’z birikmalarida 2 valentli bo’lishi ham mumkin. Metall xrlidagi T. ancha murakkab usulda olinadi. Avval T. (1U)oksid T. (Gu)xloridga o’tkaziladi. So’ngra T. (1U) xloridni argon yoki geliy atmosferasida magniy yoki natriy bilan qaytarilib, metall T. olinadi. Sof T. esa T. (1U)yodidni parchalab hosil qilinadi. Sanoatda olinadigan T.ning asosiy qismi aviasiya, raketa va kemasozlik texnikasiga zarur qotishmalar tayyorlash uchun ketadi. T.ning nikel va temir bilan hosil qilgan qotishmalari po’latga qo’shiladi. T. zaharli emas. U o’simlik va hayvon organizmida doim bo’ladi. Umurtqali hayvonlarning shox hosilalari, taloq, qalqonsimon bezlarida uchraydi. Kishi organizmiga bir kechakunduzda oziq moddalar va suv bilan 0,85 mg T. kiradi. Titan birikmalari. T. (1U)oksid TiO2 — oq kukun, qizdirilganda och sariq tusga kiradi, sovitilganda rangi yo’qoladi. Tabiatda 3 xil kristall: rutil, anataz, brukit shaklida uchraydi. Suyuklanish trasi 1850°, qaynash trasi 3000° ga yaqin, zichligi 4,18— 4,25 g/ sm3. T. (1U)oksid organik va suyultirilgan mineral kislotalarga, H2S va SO2 ga chidamli, ishqorlarda bir oz eriydi. Plastmassalar, sirlar, sun’iy tolalar ishlab chiqarish.da, qog’oz, rezina, charm, to’qimachilik, metallurgiya va lokbo’yoq sanoatida qo’llanadi. Titanatlar — metatitanat, ortotitanat va polititanat kislotalarning tuzlari. Barcha titanatlar yuqori tralarda suyuqlanadi, suvda va suyultirilgan kislotalarda erimaydi, faqat kontsentrlangan kislotalarda eriydi. Ko’pchilik titanatlarning dielektrik kirituvchanligi yuqori bo’lgani sababli kondensatorlar, ultratovush qurilmalari, electron sxemalar, termokompensatorlar va b. ishlab chiqarihda qo’llanadi. O’zgaruvchan tarkibli murakkab titanlardan armolkolit oydagi tog’jinslarida topilgan. Titan galogenlar bilan birikib TiX2, TiX3 va TiX4 (bu erda X — galogen) tarkibli galogeniddar hosil qiladi. Titan galogenidlarini amaliy ahamiyatiga ko’ra quyidagi ketma-ketlikka joylashtirish mumkin: xloridlar, yodidlar, bromidlar, ftoridlar. Titan tetraxlorid Tі S14 — o’tkir hidli suyuqlik. Suyuklanish trasi — 23°, kaynash trasi 136°, zichligi 1,72 g/ sm3 (20°da). Suvda gidrolizlanib titan oksixlorid TiOCl2 yoki titan gidroksid (metatitanat kislota) N2TYU3 hosil qiladi. Kontsentrlangan xlorid kislota ta’sirida xlortitanat kislota H2TiCl6 kompleksini beradi. Titan tetraxlorid sanoat ko’lamida ishlab chiqarilib, undan asosan (magniy va natriy bilan qaytarib) titan olinadi. Titanning quyi xloridlar i TiCl3 va TiCl2 — beqaror moddalar; havoda oksidlanadi, gigroskopik. TiCl4 ni vodorod, rux, alyuminiy yoki titan bilan 700— 1000°da qaytarib hosil qilinadi. Organik birikmalarni polimerlash jarayonida katalizator sifatida qo’llanadi. Titan tetrayodid, Til4 — metall kabi yaltiroq qizilqo’ng’ir tusli kristallar. Suyuklanish trasi 150-156°, qaynash trasi 377°, zichligi 4,27—4,40 g/sm3. Suvda gidrolizlanadi. Kukun holidagi titanga 170— 200°da yod ta’sir ettirib olinadi. Titanning quyi yodidlar i D a n Til, (to’q binafsha tusli qattiq modda; suyuklanish trasi 1030°) va Til2 (to’q jigarrang qattiq modda; suyuklanish trasi 1050°) olingan. Titan tetrabromid TiBr4 — sariq rangli kristall modda: suyuqlanish trasi 38°, qaynash trasi 232°, zichligi 3,24 g/sm3. Suvda gidrolizlanadi. Titan karbid yoki Tіo2qs aralashmani brom bug’i ostida qizdirish yoxud Ti va bromni yuqori tralarda biriktirish yo’li bilan olinadi. Titanning quyi bromidlari TiBr3 va TiBr2 — beqaror, oson oksidlanadigan va gidrolizga uchraydigan moddalar. TiBr4 ni qaytarish yo’li bilan olinadi. Titan tetraftorid TiF4 — oq rangli qattiq modda. 284°da suyuqlanmasdan qaynaydi, zichligi 2,8 g/sm3, yuqori t-ra (427°) va bosim ostida suyuqlanadi. O’ta gigroskopik, suvda gidrolizlanadi. Titanga, titan karbidga yoki TYU2QS ara – lashmaga ftor ta’sir ettirib olinadi. Ftorid kislota bilan kompleks ftor titanat kislota H2TiF6 hosil qiladi. Uning tuzlari — ftortitanatlar K2TiF6, Na2TiF6 — barqaror moddalar, texnologik amaliyotlarda qo’llanadi. Titanning quyi ftoridlar i TiF3 va TiF2 xam olingan. Ad.: Kornilov I. I., Titan, M., 1975; Svikker U., Titan i ego splavi, Per. s nem., M., 1979. Komil Tojiev.