Titan rudalari

Titan rudalari — tarkibida sanoatda foydalanish uchun texnik tomondan qulay va iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq birikma va kontsentrasiyalarda titan bo’lgan tabiiy mineral hosilalar. Asosiy minerallari: ilmenit (TYU2 43,7—52,8%), rutil, anataz va brukit (94,2—99%), leykoksen (62-98%), loparit (38,3—41%), titanit (33,7—40,8%), perovskite (38,7—58,9%), titanmagnetit. T.r. magmatik, ekzogen va metamorfogen konlarga bo’linadi. Magmatik konlar tarkibida 7-32% TiO2 bo’lgan o’ta asosli, asosli va ishqorli tog’jinslari bilan bog’liq. Qatlamli va tomirsimon shaklga ega xolxolli va yaxlit T.r. uchraydi. Ularning tarkibida ilmenit bilan birga titanmagnetit va gematit xam mavjud. Yirik magmatik konlar Rossiya, Kanada, AQSh, Norvegiya, JAR va Hindistonda ma’lum. T. r.ning ekzogen konlari orasida: nurash po’stidagi ilmenitli va rutilli (TYU2 3-30%); ilmenitning ellyuvialdellyuvialli va allyuvialli sochmalari (TYU2 0,5— 25%); ilmenit, leykoksen, rutilning (TiO2 0,5—35%) dengizqirg’oq bo’yi (qad. va hoz.) sochmalari hamda tsirkon, monasit va b. bor. Dengizqirg’oqbo’yi sochmalari T.r.ning asosiy sanoat turidir. Ular qatlamli va linzasimon uyumlar ko’rinishida bo’lib, qalinligi bir necha o’n m ga, uzunligi bir necha o’n km ga, eni esa bir necha ming m ga etadi. Yirik sochmalar Rossiya, Avstraliya, Hindiston, Braziliya, Yangi Zelandiya, Malayziya va Shrilankada ma’lum. Metamorfogen konlar orasida qumtoshlar leykoksen bilan (TiO2 8-10%); ilmenitmagnetitlilar amfibolitlarda (TYU2— 12,2%); rutillilar gneyslarda, xloritli slaneslarda va b.da farq qilinadi. T.r.da, odatda, Ti dan tashqari G’e, V, Zr, TR, Sc lar ham mavjud. T.r.ni boyitish uchun favitasion va magnit separasiyasi, flotasiya qo’llaniladi. T.r. titan metali va uning qotishmalarini olishda, bo’yoq, loklar tayyorlashda ishlatiladi. O’zbekistonda Qurama, Chatqol va Shim. Nurota toglarida ilmenit borligi aniqlangan.