Tixonov – Nikolay Semyonovich

Tixonov – Nikolay Semyonovich [1896.22.11(4.12), Peterburg [979] — rus yozuvchisi, jamoat arbobi. O’zbekiston xalq shoiri (1974). 1-jahon urushi (1914-18), fuqarolar urushi (1918-20) va2jahonurushi(1941 — 45)qatnashchisi. SSSR Yozuvchilar uyushmasi boshqaruvi kotibi (1944 y.dan). 20-y.larda «Serapion muridlari» adabiy to’garagi ishtirokchisi. Ilk dostoni «Sami» (1920). T. 20-30-y.larda Gruziya, Armaniston va O’rta Osiyo bo’ylab sayohat kilgan. Taassurotlari asosida «Vamberi» (1925), «Dengizdan dengizgacha» (1926), «urush» (1931) qissalarini, «xavfli odam», «Harbiy otlar» (1927), «abadiy tranzit» (1934), «ko’chmanchilar» kabi hikoyalar va ocherklar kitoblarini (1931), «Kaxetiya haqida she’rlar» (1935) to’plamini yozgan. «Gruziya bahori» turkum she’rlari (1948) da urushdan keyingi Kavkazning maftunkor tabiati, kishilarining tinch turmushi, xalkdar do’stligi ifodalangan. Tinchlik uchun kurashuvchilarning xalqaro xarakatida ko’p yillar ishtirok etishi, Sharq va G’arb mamlakatlariga kilgan sayohatlari uning «dust soyasi» (1936), «Ikki oqim» (1951), «tinchlik tarafdorlarining ikkinchi umumjahon kon – gressida» (1953) kabi turkum she’rlarida, «oq mo»jiza» (1956), «yashil zulmat» (1966) kabi qissalari hamda «qo’sh Kamalak» (1964) kitobida aks etgan. Asarlari o’zbek tilida nashr qilingan. G’. G’ulom, Oybek, Zulfiya va b. o’zbek shoirlarining she’rlarini rus tiliga tarjima kilgan. As: Pokiston haqida hikoyalar, T., 1953; Vamberi [qissa], T., 1963; yashil zulmat [qissalar], T., 1972.