TIZIMLI YOZUV

TIZIMLI YOZUV – buxgalteriya hisobi schyotlarida xo’jalik muomalalarini ma’lum tizimda registratsiya qilish. Bu yozuv yordamida xo’jalik muomalalarini bir xil iqtisodiy belgilariga qarab guruhlash amalga oshiriladi. Tizimli yozuv buxgalteriya hisobi obyektlari bo’yicha ma’lumot olish imkoniyatini beradi. U alohida hisob registrlari (bosh daftar) da yoki xronologik yozuv bilan birga bir registr (jumalorder) da amalga oshiriladi. Tizimli yozuv ma’lumotlari xronologik yozuv ma’lumotlari bilan bog’langan.