Tog’ bosimi

Tog’ bosimi — tog’geomexanikasi fanida umumlashma tushuncha bo’lib, Er qa’rida tabiiy hamda sun’iy (ishlab chiqarish. zaruriyati natijasida) holda namoyon bo’ladigan turli kuchlanishlar majmuasi. T.b.ni vujudga keltiruvchi asosiy sabablardan biri gravitasiyadir; tarqalish maydoni, ta’sir kuchi va vaqti turlicha bo’lgan qo’shimcha sabablar geotektonik jarayonlar, er osti hamda er usti inshootlarini qurilishi, foydali qazilmalarni qazib olish jarayonlaridir. Tog’jinslari massivida turli kuchlanishda va tezlikda namoyon bo’luvchi T.b. turli ijobiy (foydali qazilmalarni qazib olishni osonlashtiradi) yoki salbiy OK,ibatlarga olib keladi. T.b. namoyon bo’lishini bashoratlash, o’rganish, uning oqibatlari oldini olish — konchilik amaliyoti va fanining asosiy vazifasi. Kon inshootlarini to’g’ri joylashtirish, o’tkazish va ularni ta’minlash T.b.ni tartibga solishning shaxtalarda keng qo’llaniladigan mahalliy samarali vositasidir. T.b. tushunchasi 19-a.da paydo bo’lgan. O’zbekistonda T.b. ni boshqarish fani M. M. Protodyakonov asarlarida o’z aksini topgan.