TO’G’RILAGICH

TO’G’RILAGICH, tok to’g’rilagich — o’zgaruvchan tokni o’zgarmas tokka aylantiruvchi qurilma. Asosiy qismi — ventil. Ventilning turiga qarab, kenotronlp, gazotronln, tiratronli, simobli, yarim o’tkazgichli, elektr kontaktli; bir va uch fazali, bir va ikki yarim davrli To’g’rilagichlarga bo’linadi. To’g’rilagich avtomatika, telemexanika va radioapparatura hamda yuqori quvvatli sanoat qurilmalarini o’zgarmas tok bilan ta’minlashda ishlatiladi.