TOG’TURBID

TOG’TURBID (Dictamnus) — rutadoshlar oilasiga mansub kup yillik utlar turkumi. Poya va gullari qoramtir bezchalar bilan qoplangan, xidli. Barglari toq patsimon, murakkab. Poyasi ostidagi barglari oddiy. Gullari yirik, ikki jinsli, pushti va tuk, kizil. Mevasi kusakcha, besh uyali. O’zbekistonda 2 turi — ensiz bargli T. va Tojikiston T. i uchraydi. Tarkibida diktamnin va b. alkaloidlar, 0,5% efir moyi, urug’ida 18-21% yog’bor. T.ning barcha turlari odam terisiga tekkan joyini kuydiradi. Kuygan joy kizarib, yara paydo bo’ladi. T. ni hayvonlar emaydi. T. manzarali va shirali o’simlik. Xalq tabobatida foydalaniladi. Ayrim hududlarda «kuydirgi o’t» deb ataladi.