TOIF
TOIF, at-Toif — Saudiya Arabistonining Jan.g’arbiy qismidagi shahar. Hijoz tog’larida, 2000 metr balandlikda joylashgan. Aholisi 250 ming kishi (1990-yillar o’rtalari). Shosse yo’l orqali Arriyod va Makka shaharlari bilan bog’langan. Qishloq xo’jalik (chorvachilik, bog’dorchilik va sabzavotchilik) rayonining savdo markazi. Kustar usulida to’qimachilik mahsulotlari ishlab chiqariladi. Hukumatning yozgi qarorgohi joylashgan.