Tojikiston (Tochikiston), Tojikiston Respublikasi

Tojikiston (Tochikiston), Tojikiston Respublikasi (Chumhurii Tochikiston) — O’rta Osiyoning Jan.sharkida joylashgan davlat. Mayd. 143,1 ming km2. Aholisi 6578,5 ming kishi (2002). Poytaxti — Dushanba sh. Ma’muriy jihatdan tog’li Badaxshon Muxtor viloyati, 2 viloyat va 45 tumanga bo’linadi. Davlat tuzumi. T. — respublika, unitar demokratik ijtimoiyhuquqiy davlat. Amaldagi Konstitusiyasi 1994 y. 6 noyab.da kabul kilingan. Davlat boshlig’i — prezident (1994 y.dan E. Raxmonov), u T. fukarolari tomonidan 7 y. muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Majlisi Oli, ijrochi hokimiyatni bosh vazir boshchiligida Vazirlar Kengashi (hukumat) amalga oshiradi. Tabiati. T. tog’li mamlakat, hududining 93% ini 300 m dan 7495 m balandlikkacha bo’lgan tog’lar, shuningdek, O’rta Osiyoning eng yirik tog’lari — Tyanshan va Pomir sistemasiga kiradigan tog’lar egallaydi. Hududining qariyb yarmini 3000 m dan baland bo’lgan tog’liklar tashkil etadi. Dare vodiylarining kengaygan joylari va tog’ oralig’idagi soyliklar tekisliklardan iborat, shim.da Qurama tizma tog’lari (Boboiob tog’i, bal. 3769 m) va Mo’g’ultog’ tog’lari (1624 m) joylashgan. T. Markaziy qismida olay tizma tog’lari (g’arbiy qismi, 5539 m), Turkiston (5509 m), Zarafshon (5489 m, Chimtarg’a tog’i), Hisor va Qorategin tizma tog’lari (4643 m) va Zarafshon vodiysi (Turkiston va Zarafshon tizma tog’lari orasida), Jan.g’arbiy qismida (HisorOlay tizma tog’larining Jan.da va Pomirning g’arbida) unchalik baland bo’lmagan Bobotog’, Oqtog’, Qoratog’, Teraklitog’, Sarsarak, Rangontog’, Ilonlitog’va b. bor. Ushbu tog’lardan ayrimlari Jan. va Jan.G’arb tomonga pasaya borib, Panj va Amudaryo qirg’oklarigacha qo’shilib ketgan tekisliklardan iborat. Yuqoridagi tizma tog’lar oralig’ida Hisor, Vaxsh, Yovon, Quyi Kofarnihon, Surxob (Qizilsuv) va Yaxsuv vodiylari joylashgan. T. Jan.Sharqiy qismida Pomir tog’lari qad. ko’targan (T.ning eng baland joyi — 7495 m). Uning markazida Muzko’l tizma tog’lari va Jan.g’arbda Shim. va Jan. Alichur tizma tog’lari joylashgan. T. hududida O’rta va Jan. Tyanshan, Pomir burmali tizimlari hamda 2 yirik tog’lararo botiq (Farg’ona va Tojikiston depressiyalari) bor. Pomir va HisorOlay tizma tog’larida tog’billuri, oltin, kumush, simob, surma, mishyak, volfram, molibden, toshtuz, asbest, kumir, neft, tabiiy gaz, temir, rux, qimmatli toshlardan la’l, lojuvard, marmar konlari mavjud. O’nlab mineral buloqlar, shu jumladan, Garmchashma shifobaxsh bulog’i mashhur. Iqlimi kontinental. Yanv.da o’rtacha t-ra vodiy va tog’ yon bag’irlarida 2° dan -2° gacha, Pomirda -22°. Iyulning o’rtacha trasi vodiylarda 30°, Pomirda 10°, eng yuqori t-ra 48° gacha (Vaxsh vodiysi va quyi Panjda). Yillik yog’in miqsori Hisor tizma tog’larining shim. yon bag’irlarida 1600 mm gacha. T. markazi va Jan.da yoz va kuzda quruq issiq shamol va qisman garmsel, Jan.da afg’on shamoli esadi. Asosan, Pomir hududida mingdan ortiq kattakichik muzliklar bor. Dare ko’p, uz. 10 km dan ortiq bo’lgan daryolar 947 ta. Ular, asosan, Amudaryo, Sirdaryo va Zarafshon daryosi havzalariga mansub. Faqat Sharqiy Pomirdagi Oqjilg’a, Qorajilg’a va Muzko’l daryolari berkko’l — Qorako’lga quyiladi. T. da 930 ko’l bo’lib, aksariyati Pomir va Xisorolay tizma tog’lari etagida joylashgan. Sarez, Yashilko’l, Iskandarko’l, Kattako’l ko’llari, Qayroqqum, Norak, Farhod, Kattasoy, Mo’minobod va b. suv omborlari bor. T. Jan.g’arbi va shim.dagi pasttekisliklarda och kulrang, tog’yon bag’irlarida tabiiy kulrang, to’q kulrang yoki jigarrang tuproklar uchraydi. Shim. va HisorOlay etaklari tuproqlari och jigarrang, yuqoriroqda tabiiy jigarrang tuproklar. G’arbiy Pomir soyliklarida to’q kulrang, Sharqiy Pomirda esa cho’l tuproqlari mavjud. T. hududida o’simliklarning 4,5 mingdan ortiq turi usadi. Tog’yon bag’irlarida, shuningdek, Qurama, Zarafshon, Hisor tizma tog’larida butazor va archazor, Dang’ara, Mo’minobod, Xovaling, Chubek va Farxor atrofidagi tog’va tog’yon bag’irlarida pista, yong’oq, anor, olcha, o’rik, nok, tut, bodom, do’lana, jiyda, archa va b. yovvoyi mevali daraxtlar o’sadi. Hayvonot dunyosi boy. Sut emizuvchilarning 84, qushlarning 346, sudralib yuruvchilarning 44, hasharotlarning 10 mingdan ortiq, baliqlarning 40 turi mavjud. Yovvoyi hayvonlardan to’ng’iz, yovvoyi echki, arxar, kiyik, ayiq, sug’ur, qushlardan tovushqon, kaklik, chil, qirg’ovul, bedana va b. mavjud. Jan.Sharq va shim. dagi tog’larda qoplon, bo’ri, tulki, jayra, qashqaldoq, ilon, yovvoyi mushuk, tog’echkisi, kiyik, parrandalardan burgut, o’rdak, laylak va b. jonivorlar uchraydi. Tabiatni qo’riqlash maqsadida Polvonto’qay, Romit, Dashtijum qo’riqxonalari va botanika bog’lari tashkil etilgan. Aholisi. Asosiy aholisi — tojiklar; o’zbek, rus, qirg’iz, turkman va b. ham yashaydi. Davlat tili — tojik tili. Dindorlarning aksariyati sunniy musulmonlar. Shahar aholisi 28,3%. Yirik shaharlari: Dushanba, Xo’jand, Qo’rg’ontepa, Ko’lob, Ustrushona, Xorug’va b. Tarixi.O’rtaosiyo,jumladan,hozirgi T. xududidan so’nggi paleolit davriga oid qurollar topilgan. Qadimda Baqgriya davlati vujudga keddi. Keyinchalik T. hududida Axomaniylar hukmronligi o’rnatildi. 329 y.da makedoniyalik Aleksandr qo’shinlari bostirib keldi, xalq unga qattiq qarshilik ko’rsatdi. Natijada T. hududining bir qismi Salavkiylar davlati tarkibiga, so’ng hududning aksariyat qismi YunonBaqtriya podsholigi tarkibiga kirdi. Kushonlar davrida yirik sug’orish kanallari qurildi, shaharsozlik, hunarmandchilik yuqori darajaga ko’tarildi, ayniqsa, qo’shni mamlakatlar bilan savdosotiq va ijtimoiy aloqalar rivojlana bordi. Yunon yozuvi asosida Kushon yozuvi paydo bo’ldi. 5-6-a.larda O’rta Osiyoning Sharqiy qismini ko’chmanchi xioniy qabilalari, so’ngra eftaliylar egallab oldi. 6-a. 2yarmida T. hududi Turk xoqokpigi tarkibiga qo’shib olindi. 8-a. o’rtalarida arablar bostirib kelishi natijasida Islom dini joriy qilina boshlandi. 9-10-a. larda T. hududi Toxiriylar va Somoniylar davlati tarkibida, 9-13-a.larda G’aznaviylar, Krraxoniylar, G’uriylar, Qoraxitoylar,Xorazmshohlardavlatlari tarkibida bo’lgan. T. hududiga bostirib kirgan Chingizxon qo’shinlari (1219-21) aholining qattiq qarshiligiga duch keldi (Xo’jandda Temur Malik boshchiligidagi xalq qarshiligi va b.). Mo’g’ullar istilosi iqtisodiyijtimoiy va madaniy hayotga jiddiy zarar etkazdi. 14-a.ning 2yarmiga kelib, xo’jalik qaytadan tiklana boshladi. T. hududi bu davrda Amir Temur va Temuriylar, 16-a.da esa Shayboniylar saltanati tarkibida bo’ldi. So’ngra Buxoro amirligi qo’l ostiga o’tib, 19-a.ning boshlarida Buxoro amirligi va Qo’qon xonligi o’rtasida taqsimlandi. 19-a.ning 2yarmida podsho Rossiyasi tomonidan zabt etildi. Rossiyada Okt. to’ntarishi (1917)dan so’ng aholining jiddiy qarshiligiga (Ibrohimbek, Eshon Sulton, Davlatmandbiy, Fuzayl Maxsumlar boshchiligida) qaramasdan, T. bolsheviklar tomonidan bosib olindi. 1917 y. noyab. — 1918 y. Fev.da shim. T.da sho’ro hokimiyati o’rnatildi va u Turkiston ASSR tarkibiga kirdi. T.ning qolgan hududi Buxoro amirligi tarkibida bo’ldi. 1920 y. Buxoro bosqinidan keyin BXSR tashkil etildi. 1924 y. O’rta Osiyo respublikalarini «milliydavlat chegaralanishi» deb atalgan bo’lib tashlash natijasida T. O’zbekiston SSR tarkibida Muxtor respublika, 1929 y. esa SSSR tarkibida ittifokdosh respublikaga aylantirildi. 1991 y. 9 sent. da mustaqillik to’g’risida deklarasiya e’lon qilindi va «Tojikiston Respublikasi» nomi tasdiklandi. Ittifoq tugatilib, T. 1991 y. sent.da mustaqillikka erishgach, turli etnik, diniy va mahalliy urug’aymoqchilik guruxlari o’rtasida qurolli to’qnashuvlar boshlandi, bu esa mamlakat siyosiy hayotida beqarorlikka olib keldi. Nihoyat, 1997 y.da o’zaro muxolif kuchlar milliy murosaga kelib, tinchlik o’rnatildi. T. — 1992 y.dan BMT a’zosi. O’zR suverenitetini 1992 y. 6 yanv.da tan olgan va o’sha yil 1 okt.da diplomatiya munosabatlari o’rnatgan. Milliy bayrami — 9 sent. — Mustaqillik kuni (1991). Siyosiy partiyalari va harakatlar. T. Xalqdemokratik partiyasi, 1994 y. xalq partiyasi nomi bilan ta’sis etilgan, 1997 y.dan hoz. nomda; T. kommunistik partiyasi, 1924 y. tuzilgan, 1992 y. yanv. da tugatilib, mart oyida qayta tashkil etilgan; T. uyg’onish va milliy birlik harakati; Adolatxoh partiyasi, 1996 y. tuzilgan; agrar partiya, 1999 y. ta’sis etilgan; T. Islom uyg’onish partiyasi (Hizbi nahzati islomii Tochikiston), 1978 y. yashirin ravishda tashkil etilgan, 1991 y.dan oshkora faoliyat yuritadi; T. demokratik partiyasi, 1990 y. tuzilgan; T. sosialistik partiyasi, 1996 y. ta’sis etilgan. Xo’jaligi. T. agrarindustrial mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xo’jaligi.ning ulushi 25%, sanoatniki 35%, xizmat ko’rsatish sohasiniki 40%. Qishloq xo’jaligiga yaroqli erlar 4,3 mln. gektar, shundan ekinzorlar 827631 gektar, yaylovlar 3,2 mln. gektar. Q.x.ning asosiy tarmog’i — dehqonchilik bo’lib, jami qishloq xo’jaligi. mahsulotining 65%niberadi.Undapaxtachilik,ayniqsa, ingichka tolali paxta etishtirish etakchi o’rinni egallaydi. Bog’dorchilik, uzumchilik, pillachilik rivojlangan. Moyli ekinlar, zig’ir, kartoshka, sabzavotpoliz ekinlari, emxashak ekinlari ekiladi, g’alla va sholi ham etishtiriladi. Tog’oldi va tog’mintaqalarining sug’oriladigan erlarida tamaki, Hisor va Vaxsh vodiylarida yorongul ekiladi. Tsitrus mevalar etishtirish yaxshi yo’lga qo’yilgan. T.ning barcha hududlarida, ayniqsa, tog’yon bag’irlarida chorvachilik rivojlangan: qoramol, qo’y, echki, parranda, yilqi boqiladi. Sanoatining etakchi tarmoqlari: engil (paxta tozalash, ip gazlama, shoyi, tikuvchilik, gilam to’qish), oziq-ovqat (meva konservasi, yog’moy va b.), rangli metallurgiya (rangli va noyob metall rudalari qazib chiqarish va boyitish, alyuminiy ishlab chiqarish. va b.), konchilik, kimyo sanoati (mineral o’g’it, plastmassa ishlab chiqarish.), mashinasozlik, metallsozlik. T.da osh tuzi, qo’ng’ir ko’mir, neft, gaz qazib olinadi; qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Elektroenergetika sanoati rivojlangan: Norak, Rog’un va b. GESlarda elektr energiyasi hosil qilinadi (yiliga o’rtacha 17 mlrd. kVtsoat). T. y. uzunligi 490 km, avtomobil yo’llari uz. 13 ming km. 1991 y.da tashkil etilgan «Tojikiston» aviasiya kompaniyasi samolyotlari muntazam ravishda MDH mamlakatlarining Moskva, samara, Novosibirsk, Olmaota, Bishkek, Ashxobod va b. shaharlariga hamda BAA (Sharja), Pokiston (Karochi), Afg’oniston (Kobul), Eron (Mashhad), shuningdek, Xo’jand va Xorug’ga uchadi. Dushanba va Xo’jand sh.larida xalkaro aeroport bor. Tashqi savdoda dunyoning 66 mamlakati, xususan, MDH davlatlari, Afg’oniston, Xitoy bilan hamkorlik qiladi. T. chetga alyuminiy, paxta, elektr energiyasi, noyob metall va toshlar, rangli rudalar, ho’l meva va sabzavot, teri, jun chiqaradi. Chetdan iste’mol molla – ri, oziq-ovqat mahsulotlari, transport vositalari oladi. Pul birligi — Somoniy. Tibbiy xizmati. 90-y.lardagi siyosiy boshboshdoklik bu sohaga ham jiddiy ta’sir qildi. Mutaxassislarning bir qismi respublikani tark etganliklari bois, ushbu soha jiddiy zarar ko’rdi. Ayni paytda xalqaro hamjamiyatning ko’magi asosida respublikada tibbiyot sohasi rivojlana boshladi. «Zumrad» (Isfara), Obigarm, Xo’jaobigarm, Shambari, Qoratog’, Xavotog’, Garmchashma sanatoriy va kurortlari muhim shifobaxsh maskanlardir. Maorifi, ilmiy va madaniyma’rifiy muassasalari. Maorifi boshlang’ich, to’liqsiz o’rta, umumiy o’rta ta’lim maktablaridan, o’rta maxsus va oliy o’quv yurtlaridan iborat. Yirik oliy o’quv yurtlari: Tojikiston unti, politexnika, qishloq xo’jaligi., san’at, tibbiyot, ped. intlari, Ko’lob va Xo’jand ped. intlari. Bundan tashqari turli vazirliklarga qarashli ilmiy muassasalar (veterinariya, dehqonchilik, epidemiologiya va gigiena intlari kabilar) bor. Respublikadagi i.t.lar Fanlar Akademiyasi tarkibidagi i.t. institutlari va markazlar doirasida amalga oshiriladi. 1999 y. T.dagi 8 yirik oliy o’quv yurtlarining tashabbusi bilan tuzilgan fan va maorifni rivojlantirish uyushmasi i. t. muassasalari, oliy va o’rta o’quv yurtlari jamoalarini birlashtirdi. U yangi axborot texnologiyalarini ishlab chiqib uni oliy va o’rta ta’lim tizimiga joriy etish, i.t.larni rivojlantirish, xalqaro ta’lim andozalarini T. oliy va o’rta ta’lim tizimiga joriy etishga, bu sohada xalqaro tajriba ayirboshlashga ko’maklashish kabi ishlar bilan shug’ullana boshladi. T.da Firdavsiy nomidagi T. davlat kutubxonasi, T. Fanlar akademiyasining Markaziy ilmiy kutubxonasi va mingdan ortik, ommaviy kutubxona; 15 davlat muzeyi (Dushanbada Tarix-o’lkashunoslik va tasviriy san’at muzeyi, S. Ayniy nomidagi adabiyot muzeyi, Panjakentda A. Rudakiy nomidagi respublika tarixo’lkashunoslik muzeyi va b.) bor. Matbuoti, radioeshittirishi va teleko’rsatuvi. T.da bir qancha gaz. va jurnali nashr etiladi. Asosiylari: «Jumhuriyat» (tojik tilida chikadigan gaz., 1925 y.dan «idi tojik», 1955-91 y.larda «Tojikistoni Soveti» nomida chiqqan), «Xalq ovozi» (o’zbek tilida chiqadigan gaz., 1929-91 y.larda «Sovet Tojikistoni» nomi bilan chiqqan), «Sadoi mardum» («Xalq ovozi», gaz., 1992 y.dan), «biznes i politika» («biznes va siyosat», gaz., 1994 y.dan); adabiybadiiy jurnalilar: tojik tilida «Sadoi Sharq» («Sharq ovozi»), «madaniyati Tojikiston» («Tojikiston madaniyati»), rus tilida «Pamir» («Pomir») va b. T. axborot agentligi (hoz. «Xovar» axborot agentligi) 1933 y.da tashkil etilgan. T. da radioeshittirishlar 1928 y.dan, Dushanba televizion markazi 1959 y.dan ishlay boshlagan. Adabiyoti. Tojik xalqining adabiyoti va madaniyati juda qad. va boy tarixga ega. Tojik yozma adabiyotining manbalari hoz. Eron, Afg’oniston va O’rta Osiyo hududida yaratilgan qad. xalq og’zaki ijodidan boshlanadi. 9-15-a.larda forsiy (dariy) tilidagi mumtoz adabiyot tojik va forsiy xalklar tarixiymadaniy taraqqiyotining hosilasi edi. Tojik adabiyoti bir necha davrni o’z ichiga oladi: 1davr — forslar va tojiklar uchun umumiy bo’lgan fors tilidagi 9-15-a. lar adabiyoti; 2davr — asosan, O’rta Osiyo hududida 16— 19-a.ning 1yarmida mavjud bo’lgan tojik adabiyotini; 3davr — 19-a. ning 2yarmidan 20-a.ning 30-y.larigacha bo’lgan tojik adabiyotini; 4davr — 20-a. ning 30-y.laridan hozirgacha bo’lgan tojik adabiyotini o’z ichiga oladi. 9— 10-a.larda forstojik tilidagi adabiyot, ayniqsa, tez rivojlandi, shu sababli bu davr haqli ravishda tojik mumtoz she’riyatining «oltin asri» hisoblanadi. Somoniylar davlatining markazi Buxoroda fors tilidagi she’riyat asoschisi Abu Abdulloh Rudakiy ijod qildi. She’riy, nasriy, falsafiyta’limiy asarlarda qad. xalqan’analari va qahramonlik voqealari, adolatli shohlar obrazlari qalamga olina boshladi. Abu shukur Balxiy, Abulhasan Kisoiy, Daqiqiy ijodlarida insoparvarlik va adolat goyalari targ’ib qilinib, zulm qoralandi. 10-a. oxiri va 11-a. boshlarida forstojik shoiri Abulkrsim Firdavsiy o’zining o’lmas «Shohnoma»sini yaratdi. 10-a. oxirida Eron va O’rta Osiyoga sufizm g’oyalari kirib kelib, shu asosda diniyfalsafiy ta’limotlar, jumladan, ismoiliylar oqimining adabiyotga ta’siri kuchaydi. Ismoiliylarning g’oyalari shoir va mutafakkir Nosir Xisrav ijodida aks etdi. 13-a. boshlarida mo’g’ullar bosqini adabiy va falsafiy goyalarning rivojiga 2 asr davomida katta zarba bergan bo’lsada, Hindistonning shim. (Xusrav Dehlaviy), Eronning Jan. (Sa’diy va uning zamondoshlari), kichik Osiyo (Jaloliddin Rumiy)da forstojik tilidagi adabiyot rivoji davom etdi. 15-a.ga kelib O’rta Osiyoda adabiyfalsafiy hayot astasekin tiklana bordi. Hirot madaniy va adabiy hayot markaziga aylandi. Bu erda, ayniqsa, Temuriylar hukmronligining so’ngti yillarida atoqli shoir va adiblar to’plangan edi. Adabiy harakat boshida forstojik shoiri Abdurahmon Jomiy va o’zbek shoiri Alisher Navoiy turar edilar. 16-a.dan tojik adabiyoti fors tilidagi adabiyotlarning umumiy oqimidan ajralib, mustaqil rivojlandi. 19-a. ning 2yarmi — 20-a. boshlarida tojik adabiyotida ma’rifatparvarlik oqimi vujudga keldi. Bu oqimning asoschisi tojik va o’zbek xalqlarining mutafakkiri Ahmad Donish edi. Shoir va yozuvchilardan Rahmatullo Vozeh, Shamsiddin Shohin (1859— 93), Muhammad Hayrat (18781902) g’oyaviy jihatdan Ahmad Donishga yaqin edilar. Tojik ma’rifatchilik adabiyotida yangi janrlar (realistik hikoya, falsafiyromantik qissa va b.) paydo bo’ldi, adabiy til xalq tiliga yaqinlasha boshladi. 20-a.ning boshlarida Sadriddin Ayniy, Toshxo’ja Asiriy, Siroj Hakim kabi yozuvchilar ma’rifatchilik adabiyoti an’analarini davom ettiribgina qolmasdan, adabiyotni xalq hayotiga yaqinlashtirishda katta ishlar qildilar. 1920-30 y.larning boshlarida Abulqosim Lohutiy ijodi muhim o’rin egalladi. Bu davrda S Ayniy «Odina» (1924), «Doxunda» (1930) kabi nasriy asarlarini yaratdi. 30-y.lar boshida adabiyotga Mirzo Tursunzoda, Jalol Ikromiy, Abdusalom Dehotiy, Rahim Jalil, Hakim Karim, Mirsaid Mirshakar, Soto’m Ulug’zoda va b. kirib keldi. 2jahon urushi yillarida tojik adabiyoti ham butun kuchini fashizmga qarshi kurashga qaratdi. Urushdan keyingi yillarda M. Tursunzodaning «Hindiston qissasi» she’riy majmuasi (1947— 1948), «Hasan aravakash» (1954), «Osiyo sadosi» (1956), «Jonginam» (1960), «Gangadan Kremlgacha» (1970) dostonlari, Mirsaid Mirshakarning «jilovlanmagan Panj» (1949), «tog’lik qizning ishqi» (1961-62), «Muhabbatning varaqlari» (1975) to’plamlari va «Vatan farzandlari» pesasi, Foteh Niyoziyning «vafo» (2 qismdan iborat, 1949— 58), «qurolsiz sarbozlar» (1985), Sotim Ulug’zodaning «yangilangan er», Rahim Jalilning «Sho’rob» romanlari nashr etildi. 1980-90 y.lar adabiyotga yozuvchi va shoirlarning yangi avlodi kirib keldi. Bu davrda Mo’min qanoatning «Sino beshigi» (1980), «olovli muhabbat» (1985) dostonlari, loiq Sheralining «oq kun» (1984), «dil uyi» (1986), «Oftobboron» (1988), «mozor toshi» (1996) she’riy to’plamlari, bozor Sobirning «tun kiprigi» (1981), «Oftobnihol» (1982), «Tatib, tuyib» (1987) she’riy majmualari, Gulnazar Keldievning «Langar» (1984), «Daryo o’zani» (1986), Gulruxsor Safievaning «Ixlos» (1980), «Sug’d alangasi» (1981), «Boxtar ruhi» (1987) she’riy to’plamlari va «Sabzabahor ayol – lari» romani (1991) yaratildi. 1990-y. lardan keyin adabiyotga kirib kelgan Farzona, Iskandari Xatloniy va yana ko’plab yosh qalamkashlar tojik adabiyotining rivojida muhim o’rin tutadi. Me’morligi va tasviriy san’ati. Tojik xalqining badiiy madaniyati qo’shni xalqlar, ayniqsa, o’zbeklar madaniyati bilan o’zaro bog’liqlikda rivojlangan. T. hududidan topilgan tasviriy san’at yodgorliklarining eng qad.si Sharqiy Pomirdagi mezolit (mil. AV. 15—10ming yilliklar) davriga oid qoyatosh suratlaridir. Jumladan, Panjakentdan topilgan qoya suratida Arfa chalayotgan qiz tasvirlangan (7-8-a.lar). 5-8-a. boshlarida T. hududida devor va minoralar bilan shahristonga ega bo’lgan shaharlar paydo bo’ldi. Mintaqada Islom dini tarqalgach, T. me’morligida masjid va madrasalar, minora, maqbara va xonaqohlar qad. ko’tardi. 9-10-a.lardan qurilishda pishiq g’isht ishlatila boshlandi. 11-12- a.larda Mozori sharifda Muhammad Basharo maqbarasi, 14— 15-a.larda Ustrushonada ko’k gumbaz masjidi, 11 — 12 va 15-a.larda Konibodomda Muslihiddin maqbarasi barpo etidtsi. 14-a. oxiri — 15-a.larda monumental bezak san’atida yog’och va ganchga naqsh o’yish, sirlangan va sirlanmagan sopol, yog’och va ganchga tuxumli tempera bilan naqsh solish, zardo’zlik va b. keng tarqaldi. T. me’morligi 1 qavat paxsa yoki xom g’ishtli uysozlikdan bosh reja asosida qurilayotgan shaharlargacha bo’lgan taraqqiyot yo’lini bosib o’tdi. 1930-y.larda Dushanba, Xo’jand, Ko’lob, Konibodom sh.lari bosh reja asosida kurila boshladi. 1930-40- y.lar boshlaridagi shaharsozlikda O’rta Osiyo me’morligi elementlari bo’lgan klassisizm shakllari ustunlik qildi. 50-y.larning 2yarmida Sharq an’analarini o’zida mujassamlashtirgan binolar paydo bo’la boshladi. 1960-y.lardan so’ng T. me’morlari kichik mavzelar barpo etishga o’tdilar. Sanoat rivojlanishi tufayli Qo’rg’ontepa, Tursunzoda, Norak, Yovon singari yangi zamonaviy shaharlar qad. ko’tardi. Dushanbadagi «Tojikiston» mehmonxonasi (1975, me’mori A. I. Onishchenko), kinokontsert zali (1985, me’mori S. M. Sutyagin) kabi zamonaviy muhtasham binolar barpo qilindi. T. da zamonaviy tasviriy san’at 20-a. ning 20-y.larida vujudga kela boshladi. Ilk rassomlar siyosiy va tashviqiy plakatlar, hajviy jurnalilar uchun bezaklar yaratish, o’quv darsliklari va badiiy asarlarni bezash bilan shugullandilar. 2jahon urushi davrida grafika, plakat va, ayniqsa, karikatura rivojlandi. 40-y.lar oxiri va 50-y.larda tasviriy san’at janrlari ko’paydi, rassomlar mahorati oshdi. 1947 y. Respublika tasviriy san’at muzeyining ochilishi bunga yaxshi sharoit yaratdi. Peyzaj janrida I. Abdurahmonov, F. Solmonov, S. Zaxarov salmoqli muvaffaqiyatga erishdilar. Keyinchalik etishib chiqqan rassomlar I. Raximov, X. Xushvaqtov, 3. Habibullaev, A. Aminjonov, haykaltaroshlar A. G’aniev, K. Jumagazin, grafik rassomlar K. Turenko, X. Rasulov, D. Safoevpar hayotiy mavzularda ijod qildilar. X. Xushvaqtovning «Xorug'», «Olay vodiysi», «Pomir tog’larida», 3. Habibullaevning «G’ijjak», «Yaylovda bahor» asarlari zo’r mahorat bilan yaratilgan. 1990-y.lar T. tasviriy san’atida milliy an’analarni, zamonaviy badiiy g’oyalarni chuqurroq singdirishga asosiy ahamiyat berildi. Chunonchi, rassom S. Qurbonov ijodiga tojik xalqining tarixi, milliylik ildizlari, urfodatlari go’zal shakllarda romantik badiiy uslubda aks ettirilgan. T. xalqining ko’p asrlik tasviriy va amaliy san’atida bezak asosiy yo’nalish bo’lgan. M. Xushmuhamedov, A. Haydarov, A. Kamelin, A. Raximov, M. Beknazarovlar milliy meros an’analarini birmuncha yangilagan holda mana shu yo’nalishda ijod qilmoqdalar. P. Falbov, S. Sharipov, A. Sayfiddinov kabi rassomlar bu sohada yangi yo’nalish yaratish yo’liga tushib oddilar. L. Irismetova, M. No – Sirova, M. Qodirova, M. Qurbonova, 3. Davlatshoeva, D. Mamajonova, N. Hamidova, S. Saidova singari iste’dodli ayol rassomlar etishib chikdi. T. zamonaviy haykaltaroshligi (A. Bikasiyon, V. Odinaev, J. Toshmatov asarlari) da ham yangi yo’nalish boshlangani seziladi. A. Lohutiy (haykaltarosh I. Milashevich), Mirzo Tursunzoda (haykaltarosh A. Bikasiyon) haykallari, B. G’afurov byusti (haykaltarosh I. Ivanov), Dushanba sh.dagi «Vaxdat» memoriali (1999), Qo’rg’ontepadagi Ismoil Somoniy haykali (1999) shundan dalolat beradi. Amaliy san’at sohasida — kulolchilikda A. va B. Mavlonovlar, S. va S. Soxibovlar, M. Mirzoev; naqqoshlikda M. Olimov, K. Gayurov; yog’och o’ymakorligida Yu. Baratbekov, A. Yo’ldoshev, A. Yahyoev; kashtachilikda 3. Baxriddinovalar samarali ijod qilmoqsalar. 1998 y. O’zbekiston badiiy akademiyasining Markaziy ko’rgazmalar zalila T. rassomlarining badiiy ko’rgazmasi bo’lib o’tdi. Unda T. istikdol davri tasviriy san’ati keng namoyish etilgan. T. Me’morlar uyushmasi 1936 y., Rassomlar uyushmasi 1933 y. tashkil etilgan. T. badiiy san’at xodimlari Dushanbadagi Davlat Badiiy kollejida tayyorlanadi. Ko’pgina tojik san’atkorlari O’zbekiston san’at intlari va bilim yurtlarida ta’lim olgan. Musiqasi. An’anaviy musiqa madaniyati boy va xilmaxil. U bir necha mahalliy uslubdan tashkil topgan. Sug’d viloyatida azaldan yonmayon yashab kelgan tojik va o’zbek xalqlarining musiqa an’analari o’zaro qorishib ketgan. Ikkala qardosh xalq musiqa ijodida mehnat, maishiy va morosim qo’shiqlari («mayda», «yoryor», «naqsh» «Alla», «Boychechak», «Sadr», «marsiya» kabi), lirik qo’shiklar («muxammas», «bayt» va b.), laparlar, bastakorlar ashula va kuylari (Sodirxon Hofiz Bobosharifov va b.), xalq va professional sozlardan dutor, g’ijjak, chang, nay, surnay, qo’shnay, doyra va b. asosiy o’rin tutadi (yana q. Farg’onatoshkenpg musiqa uslubi). Xatlon viloyatida «falak» («falaki») qo’shiq turkumlari lirikfalsafiy mazmundagi forscha she’rlarga yakkaxon xonanda tomonidan soz jo’rligida aytiladi. Shu erda yashayotgan o’zbek (Laqay)larning musiqa an’analari O’zbekistonning Surxondaryoqashqadaryo musiqa uslubiga yaqin: Doston va terma janrlari, do’mbira, changqo’ng’iz, cho’pon nay ijrochiligi va h.k. Tog’li Badaxshon Muxtor viloyatida istiqomat qilayotgan vanchlik, yazgulemlik, rushonliklar kabi elatlarda o’yin qo’shiq va kuylari («Aspakbozi», «Rupsak bazay» kabi), musiqiy tomosha («bobo safar» «Mo’g’ulbozi»), «Dehqonnoma» kabi mehnat qo’shiklari, «Chorbaytxo», «G’azalxo» kabi lirik qo’shiqlar, ayollar ijodida — «Bulbulik», «Dargilak» kabi lirik aytimlar, cholg’ulardan esa so’rnak (cho’pon nay), Vanch dutori, Pomir rubobi, blandzikom va b. mashhur. Mumtoz musiqa (maqom, ashula yo’llari, cholg’u kuylar) asosan shahar (Xo’jand va b.)larda shakllangan. 20-a. o’rtalaridan Fartnatoshkent maqom yo’llari bilan birga Buxoro Shashmaqomn ijrochiligi ham rivoj topgan (F. Shahobov, Sh. Sohibov, B. Fayzullaev va b.). T.da dastlabki musiqa o’quv yurtlari 1929 y. Xo’jandda, 1934 y. Dushanbada tashkil etilib, 1939 y.da birinchi tojik operasi «Vose qo’zg’oloni» (kompozitor S.A. Balasanyan) namoyish qilindi. T.da Sug’d viloyat musiqalikomediya teatri, davlat filarmoniyasi, «Gulshan» estrada ansambli (1966 y.dan), Borbad nomidagi kontsert saroyi faoliyat ko’rsatadi. Bastakorlardan Aqmad Boboqulov, Boymuxdmmad Niyozov, Ma’rufxo’ja Bahodurov, xonandalardan Zafar Nozimov, Hanifa Mavlonova, Shohista Mullajonova, Jo’rabek Murodov, Jo’rabek Nabiev, Nigina Raupova, Mastona Ergasheva, Davlatmand Xolov, Daler Nazarov, Afzalsho Shodievlarning tojik san’atini rivojlantirishdagi hissalari katta. Teatri. Evropacha tipdagi tojik teatri dastlab 1919 y.da Xo’jandda, keyin-chalik Konibodom, O’ratepa va Isfarada havaskorlik teatrlari tarzida paydo bo’ddi. 1929 y. Dushanbada havaskorlik to’garagida tojik davlat drama teatri nomi bilan 1professional teatr (hoz. Lohutiy nomli teatr) tashkil etildi. 1932 y. Xo’jandda musikali drama teatri ish boshladi. Ularda zamonaviy mavzudagi asarlar sahnalashtiryddi. A. Usmonovning «Kurash», K. Yashinning «Yondiramiz», J. Ikromiyning «Dushman», M. Tursunzodaning «Hukm», M. Aminzodaning «sharaf» pesalari ko’rsatildi. Firdavsiyning «Shohnoma»si asosidagi «Rustam va Suhrob», jahon mumtoz dramaturgiyasining «Otello», «makr va muhabbat» asarlari Lohutiy nomli teatr sahnasida namoyish etildi. Aktyorlardan M. Qosimov, L. Zohidova, T. Fozilova, A. Burhonov, X. Rahmatullaev, G. Vallamatzoda, B. Tojiboeva, balet raqkrsasi M. Sobirova va b. mashhur. Rudakiy nomidagi Xorug’va S. Valizoda nomidagi Ko’lob musikali drama teatrlari jamoalari T.da teatr san’atining rivojiga muhim hissa qo’shdilar. Kinosi. T. kinematografiyasi 1929 y. vujudga keldi. Dushanbaga 1poezd kelishiga bag’ishlangan kinojurnal suratga olib ko’rsatildi. 1930 y. «Tojikkino» birlashmasi tashkil etildi. 1932 y. «Amirlar o’lgan chog’da» birinchi badiiy filmi yaratildi. 1939 y. «Bog'» (rej. N. V. Dostal), «do’stlar qayta uchrashganda» (rej. K. Yormatov) nomli dastlabki ovozli badiiy filmlar yaratildi. 40-y. larda harbiy vatanparvarlik mavzuidagi hujjatli filmlar («Temurning qasami», «Tojikiston farzandi» va b.) suratga olindi. 1957 y. rej. B.A. Kimyogarov S. Ayniyning «Doxunda» tarixiy qissasini, so’ng M. Tursunzodaning «Hasan aravakash» dostonini ekranlashtirdi. Shundan so’ng bir kator badiiy filmlar — «do’stim Navruzov» (rej. lar Sh. Qiyomov, N. Litus), «tog’dagi chirok» (rej. B. Dolinov), «bir qizni uchratdim» (rej. R. Ya. Perelshteyn), «O’g’lim uylanmoqchi» (rej. T. Sobirov) badiiy filmlari yaratildi. 1960-70 y.larda etishib chiqqan M. Qosimov, M. Oripov, S. Hamidov, V. Ahadov, B. Arabov kabi rej.lar kinematografiyaga yangi mavzu va uslublar olib kirdilar. Ularning «Nisso», «tog’larda yuragim qoldi», «ko’hnamasjid yonidagi uchrashuv», «Jo’ra sarkor», «uchinchi qiz» kabi filmlari muvaffaqiyat qozondi. 1970-1980 y.larda qator badiiy va hujjatli filmlar suratga olindi. D. Xudonazarov («Yoshlikning birinchi tongi»), yu. Yusupov («jinoyatchi va oqlovchi») kabi rej. lar mashhur bo’ldi. Tojik kinosini rivojlantirishga rej.lardan K. Yormatov, N. Tillaev, artistlardan M. Qosimov, 3. Do’stmatov, M. Vohidov, stsenariychilardan M. Tursunzoda, S. Ulug’zoda, M. Mirshakar va b. katta hissa qo’shdilar. O’zbekiston — T. munosabatlari. Tojik va o’zbek xalkdarining yashash sharoiti, urfodatlari, turmush tarzi bir-biriga nihoyatda yaqin. O’zbekiston Respublikasi Prezidenta I. A. Karimov ta’kidlaganidek, o’zbek va tojik xalklari ikki tilda gaplashadigan bir xalq. Bu 2 xalqning o’tmishda birgalashib, o’z ozodligi, erki uchun kurashgani, o’lmas me’moriy yodgorliklari va san’at durdonalarini yaratgani tarixdan ma’lum. Asrlar davomida kupgina tojik va o’zbek san’atkorlari biribiriga ustoz, biribiriga shogird bo’lib ijod kilib kelishgan. Ikki buyuk arbob — Jomiy bilan Navoiyning do’stligi va hamkorligi tojik hamda o’zbek adabiy va madaniy aloqalari tarixidagi yorqin sahifadir. Jomiy va Navoiy boshlab bergan zullisonaynlik an’analarini Mashrab, turdi, Nodira, Furqat, Zavqiy, Anbar otin, Asiriy, Ayniy, Hamza va b. davom ettirdilar. Hamza tojik tilida ham g’oyaviy badiiy jihatdan etuk she’rlar yaratishi bilan barobar o’zining drama truppasi bilan T.ning shahar va tumanlarida tomoshalar ko’rsatdi. S. Ayniy «kullar» romanini o’zbek tilida yaratdi va tojik hamda o’zbek tilida samarali ijod qilib, o’zining ham badiiy, ham ilmiy asarlari bilan 2 xalq madaniyatini rivojlantirishda katta rol uynadi. 20-y.lar oxiridan T. teatrlarida Xamzaning «boy ila xizmatchi», K. Yashinning «Gulsara», F. Zafariyning «Halima», Xurshidning «Farhod va Shirin», keyinroq S. Abdullaning «Tohir va Zuxra», uyg’un va I. Sultonning «Alisher Navoiy», Tuyg’unning «Muhabbat» va b. pesalari sahnalashtirildi. Ai ni vaqtda tojik dramaturglaridan S. Ulug’zodaning «gavhari shamchiroq», S. G’anining «Tuy», G’. Abdulloning «Sharq sadosi» kabi pesalari o’zbek teatrlari sahnalarida namoyish qilindi. Tojiko’zbek madaniy va adabiy aloqalarning ravnaq topishida badiiy tarjimachilik ham muhim ahamiyatga ega. S. Ayniyning 8 jildli asari, A. Lohutiyning «Devon»i, M. Tursunzodaning deyarli barcha asarlari, Mirshakarning «biz Pomirdan keldik», «Oltin qishloq», «tog qizining ishqi», J. Ikromiyning «olov qizi», «Buxoroning o’n ikki darvozasi», S. Ulug’zodaning «Yoshligimiz tongi», «Vos’e», R. Jalilning «Po’lod va gulro'», «Sho’rob», F. Niyoziyning «vafo» asarlari va b.ning she’riy, nasriy asarlari o’zbek tilida nashr etilgan. Ayni vaktda Hamza, A. Qodiriy, F. G’ulom, Oybek, A. Qahhor, G’ayratiy, H. Olimjon, Sh. Rashidov, Zulfiya, A. Muxtor, R. Fayziy, S. Abdulla, E. Vohidov, A. Oripov, G. Juraeva, B. Boyqobilov va b.ning asarlari tojik tiliga tarjima qilinib, T.da nashr etilgan. O’zbektojik adabiy va madaniy aloqalarining ravnaq topishida T.da yashab o’zbek tilida ijod kilgan shoir va yozuvchilar: Ashirmat, M. To’lqin, M. Oston, O’. Jamol, J. Toshmatov, 3. Do’stmatov, K,. Mamajonov, Sh. Sattor, A. Usmon, X. Qurbonova, S. Nishonova, J. Ergash, U. Umarov, A. Zuhur va b.ning ham hissasi bor. Ushbu ijtimoiytarixiy an’ana har 2 davlat milliy mustaqillikni qo’lga kiritgach, yangicha mazmun kasb etdi. O’zbekiston T.dagi harbiysiyosiy vaziyatni barqarorlashtirishda va uni ijobiy echimini topishda sezilarli mavqeni egalladi. O’zR Prezidenti I.A. Karimov 1992 y. sent.da BMT ning Bosh kotibiga murojaatnoma yo’llab, xalqaro hamjamiyat e’tiborini T. muammolariga qaratib bu muammolarni tinch yo’l bilan hal etishga chaqirdi. T.da tinchlik jarayonining amalga oshishi va ahdlashuvlarning barcha bosqichida O’zbekiston rasmiy kuzatuvchi sifatida ishtirok etdi. 2000 y. 14-15 iyunda I. A. Karimovning rasmiy tashrif bilan Dushanba sh.da bo’lishi, E. Rahmonovning Toshkentda bo’lishi o’zbektojik munosabatlarining yangi pog’onaga ko’tarilishidan dalolat edi. 1998 y. ezda O’zbekistonda T. Respublikasining madaniyat kunlari bo’lib o’tdi. 1995 y. Toshkent sh.da T. Respublikasining, 2000 y. Dushanba sh.da O’zR elchixonasi ochilib, ular davlatlararo siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ma’naviy alokalarni muvofiqlashtirish yo’lida xizmat qilmoqda. Keyingi vaqtda O’zR bilan T.ning savdoiqtisodiy aloqalari birmuncha rivojlandi. O’zRning tashqi savdo aylanmasida T.ning ulushi 2003 y.da 2002 y.ga nisbatan 24,7% oshdi va 2,2% ni tashkil etdi. Nasriddin Mamanazarov.