Tojipolvon A’loev

Tojipolvon A’loev (1890 Toshkent — 1964.3.4) — O’zbekiston xalq polvoni (1946). Kambag’al dehqon oilasida tug’ilgan. 14 yoshida paxta zavodida yuk tashuvchi bo’lgan. Farg’onacha kurash bilan shug’ullangan. Kurash yo’llarni ustozi Ahmad Polvontsan o’rgangan. 1919 yili Turkistonda o’tkazilgan klassik kurash bahsida 1o’rinni egallagan. 1930 y.dan davlat tsirklari Markaziy boshqarmasida, 1942 y.dan o’zbek tsirkida o’z mahoratini namoyish qila boshladi. Keyinchalik «Paxtakor» sport jamiyatida bir necha marta kurash musobaqalarini o’tkazgan. Ko’plab kurashchi polvonlar tayyorlagan.