Tok

Tok (Vitis) — uzumdoshlar oilasiga mansub ko’p yillik daraxtsimon lianalar turkumi; rezavor meva ekini; Markaziy va Jan. Evropa, Osiyo va Shim. Amerikada 60-70 turi ma’lum. Uzok, Sharq, Kavkaz, O’rta Osiyo va Jan. Evropada 7-8 turi keng tarqalgan. Madaniy T. (V.vinifera) barcha qit’alarda etishtiriladi. Jahon bo’yicha tokzorlar mayd. 7426 ming ga, hosildorlik 81,7 ts/ ga, yalpi hosili 60687 ming t. Frantsiya (871 ming ga), AQSh (350 ming ga) Ispaniya (1,16 mln.ga), Italiya (880 ming ga)da katta maydonlarda etishtiriladi (1999). O’zbekistonda tokzorlar mayd. 140 ming ga, yalpi hosil 516,4 ming t, hosildorlik 51,0 ts/ga (2003). T. O’rta dengiz atroflari VN G’arbiy Osiyoda mil. dan bir necha ming yillar ilgari etishtirilgan. Madaniy T. taxm. o’rmon T.i (V. sulvestris) va b. yovvoyi turlaridan kelib chiqqan. Ekiladigan navlarning ko’pchiligi shu turga mansub. Shuningdek, Shim. Amerika T. turlari V.labruska, V.riparia, V.rupestris va b.ham ekiladi. Amur T.i (V. amurensis) — manzarali o’simlik. Tyan Shan va PomirOlay tog’larida o’suvchi Hisor uzu mi (V.hissarica) qizil kitobga kiritilgan. Madaniy T.ning baquvvat ildizi 7 m va undan ortiq chuqurlikkacha boradi. T. tanasi — liana. Uning ko’p yillik novdalari (zang va madang) turli yo’g’onlikda bo’ladi. Bir yillik novdalari uzun (3-5 m) va ingichka bo’lib, bo’g’imida barg, barg qo’ltig’ida kurtaklar rivojlanadi. Novdaning pastki, asosan 3—5bo’g’imlarida gul to’plami, ustkilarida gajaklar (bargning qaramaqarshi tomonida) paydo bo’ladi. Barglari yaxlit, panjasimon, asosan, 3 va 5 bo’lakli, navbat bilan joylashgan. Sho’ralari shokila yoki ro’vaksimon. Gullari mayda, ko’kimtirsarg’ish, madaniy turlariniki, asosan, ikki jinsli, ayrimlariniki bir jinsli. Xasharotlar, shamol yordamida va o’zo’zidan changlanadi. G’ujumi (uzumi) rezavor, 1-4 urug’li, etli, sersuv yoki kamsuv. Urug’siz navlari (kishmishlar) ham bor. G’ujumlari turli shakl va rangda, shingilga to’plangan. T. issiqsevar, sovuqqa chidamli, asosan, vegetativ yo’l bilan ko’paytiriladigan o’simlik, ko’chatlari qalamchalaridan, payvand qilish orqali, selektsiya maqsadida urug’laridan ko’paytiriladi, 2, 3 yili hosilga kiradi. T.ning ko’pchilik navlari -18°, -20°, ayrimlari -28°, -30° gacha sovuqqa chidaydi, 25-30° da yaxshi o’sadi, 40° dan yuqori harorat yomon ta’sir ko’rsatadi. T. yog’inlar miqdori 300 mm dan kam bo’lganda sug’orib etishtiriladi. T. aslida er tanlamaydi, ammo qumoq tuproqli, sug’oriladigan, unumdor erlarda yaxshi o’sadi. T. 30-300 yil yashaydi, o’z ildiziga ega tuplari 60-80 y., payvand qilinganlari 30-40 y. hosil beradi. O’rtacha hosildorligi 70-400 ts/ ga ga boradi. T.ning uzumi eyiladi, qayta ishlanadi (konserva qilinadi, turli vinolar, konyak, qiyom, shinni, sharbat, kompot tayyorlanadi, mayiz solinadi va b.). Uzum tarkibida 6585% suv, 33% gacha qand, 0,51,4% organik kislotalar, 0,15— 0,9% oqsil, 0,3—1,0% pektin, 0,3—0,5% mineral moddalar, shuningdek, S, V,, V2 vitaminlar, provitamin A, g’ujumi po’stida oshlovchi va bo’yoq moddalar, pektin va b., urugida 4-19% moy, 1,8—8% oshlovchi moddalar bor. T., asosan, tekis, shuningdek, qiyalik erlarga (terrasa solib) ham ekiladi. Ekishdan oldin gektariga 30— 40 t chirigan go’ng, 600-1000 kg superfosfat, 150 kg kaliyli o’g’it solinadi, er plantaj plug bilan 60 sm chuqurlikda g’aydaladi, T. ning bir yillik yaxshi pishgan novdalaridan kuzda 35-40 sm uzunlikda qalamchalar olinadi, ko’chatzorlarda ko’chat etishtiriladi. T.ning bir yillik ko’chatlari navi, tuproqiqlim sharoiti, ustirish usuliga qarab qator oralig’ini 2— 3-4 — 5, tup oralig’ini 2 — 3 — 4 m qilib, kuz va bag’orda ekiladi. Novdalari yozning 2yarmida chekanka qilinadi. Kelgusi yili bahoridan tuplarga shakl beriladi. T. novdalarini ko’tarmay (ertok) yoki novdalarini so’ri, simbag’iz, ishkomga kutarib etishtiriladi, kamdankam hollarda aymoqi (daraxtlarga chirmashtirib) qilib o’stiriladi. O’zbekiston sharoitlarida kuzda kesilib, novdalari qo’ndoq qilingan holda tuproq yoki barda, poxol bilan yopiladi va erta bahorda ochilib, madang va novdalari ko’tarib bog’lanadi. T. ning o’sishi va hosildorligi xomtok, novda uchlarini 1-2 sm chilpish (gullash boshlarida), novdalarini kesish (q. Tok kesish) kabi agrotexnika usullari bilan rostlanib boriladi. Har gektar tokzorga har 2-3 y.da 20-30 t chirigan go’ng, har yili 300-400 kg ammiakli se – litra, 400-500 kg superfosfat, 60-90 kg kaliyli ugit solinadi. Er sharoitiga qarab, gektariga 600-1000 m3 normada 2-6 marta sug’oriladi, qishda 1-2 marta 1500-2000 m3 normada yaxob suvi beriladi. Hosildorlikni oshirish uchun T. navlari (ayniqsa, urg’ochi gulli Charos, Nimrang va b.) qo’shimcha changlanadi. Karigan yoki sovuq urgan T. tuplari ustki k,ismini kesib tashlash bilan yoshartiriladi, noyob navlarini iskana payvand yo’li bilan ko’paytirish mumkin. T. navlari ertapishar (120-130 kunda), urtapishar (135-140 kunda), kechpishar (150-170 kunda) navlar guruhlariga bo’linadi. O’zbekistonda 250 ga yakin uzum navlari rnlashtirilgan. 21-a. boshida respublikada ekiladigan va davlat reestriga kiritilgan 40 ga yakin uzum navlari (2004) 3 guruhga bo’linadi: 1) xo’raki (Nimrang, Parkent, Kattaqo’rg’on, Toifi, Sultoniy, Charos, kitob surxagi, Husayni, qora janjal, Haliliy, Chillaki, daroyi, Rizamat, Ho’ja Axroriy va b.); mayizbop (OK kishmish, kora kishmish (shivilg’oni), pushti kishmish, Shakarangur, Sultoniy, Kattaqo’rg’on, Nimrang va b.); 3) vinobop (Baxtiyoriy, Aleatiko, Tarnoe, bayan shirey, muskatlar, Risling, bihishti, «VIR», Saperavi va b.) navlar. Asosiy zararkunandal ar i: uzum barg o’rovchisi, o’rgimchakkana, g’allakana, buzoqboshi, qurtlar. Kasalliklari: rag’a, kul, mildyu, dog’li antraknoz, tserkosporioz va b. Ad.: Tokchilik, T., 1957; Ribakov A.A., Gorbach V.I., va b., O’zbekiston uzumchiligi, T., 1969; Mirzaev M.M., Sobirov M.K,., O’zbekistonda tokchilik, T., 1979; Javakyans Yu., Gorbach V., Vinograd Uzbekistana, T., 2001. Sulton Xolnazarov.