Toksikologiya, veterinariya toksikologiyasi
Toksikologiya, veterinariya toksikologiyasi — zaharli moddalar xususiyatlari va ularning qayvonlar (qishloq xo’jaligi. hayvonlari, ovlanadigan va boqiladigan yovvoyi hayvonlar, baliqlar, asalarilar) organizmiga ta’sirini, pestisidlar qoldiklari va b. zaharli moddalar bilan ifloslangan ozuqalarni veterinariyasanitariya jihatidan baholash, zaharli o’simliklar, mikroskopik zamburug’lar, suv o’tlaridan zaharlanish va ularning oldini olish, zaharlangan xayvonlarni davolash, ozuqalarda, xesh go’sht mahsulotlaridagi zaharli kimyoviy birikmalarning ruxsat etilgan qoldiq miqdorini aniklash, ularni tahlil kilish va b. masalalar bilan shug’ullanadi. Veterinariya toksikologiyasi sohasida 20-a.ning 70-y.larida O’zbekiston veterinariya instituto’toksikologiya bo’limida, Samarkand qiimoq xo’jagik instituti veterinariya FTI kafedralarida i.t.lar amalga oshirildi. O’zbekiston hududida o’sadigan zaharli o’simliklardan kampirchopon, mingdevona, bangidevona singari o’simliklar, gallani zararlovchi krrakuya, chorva ozukasida ishlatiluvchi kunjara, sheluxa, chigit singari paxta chiqindilari tarkibidagi gossipol moddalari, shuningdek, kimyoviy pestisidlar bilan qishloq xo’jalik hayvonlarining zaharlanishini tashxis qilish, ozuqa va chorvachilik mahsulotlarini veterinariyasanitariya jihatidan baholash masalalari bo’yicha muhim ilmiy ishlar olib borildi. Veterinariya T.si rivojlanishiga o’zbekistonlik olimlardan X.Z. Ibragimov, N. X. Shevchenko, F.I.Ibodullaev, R. X.Xaitov, T.B.Boymurodov, Q.Norboev, N. Davlatov, V.R.Xaitov, D.Sh.Muratov va b. muhim hissa qo’shdilar. O’zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya xizmati tizimiga kiruvchi Respublika veterinariya lab.da, Qoraqalpog’iston, viloyatlar va Toshkent sh. veterinariya lab.larida kimyotoksikologiya bo’limlari mavjud bo’lib, ular tomonidan hayvonlar zaharlanishida diagnostik tekshirishlar, shuningdek, pe-stisidlar koldiqlarini saqlovchi chorvachilik mahsulotlari hamda ozuqalarini veterinariyasanitariya ekspertizasi o’tkaziladi. Ad.: Radkevich P.E., Veterinarnaya toksikologiya, M., 1972. Hoshim Nurmamatov.