TO’LDIRUVCHI

TO’LDIRUVCHI (tilshunoslikda) — gapning ot yoki otlashgan so’z bilan ifodalanadigan, harakatning ob’ekti bo’lgan predmetni ko’rsatib, asosan kesimga bog’lanadigan bo’lagi. U o’zi bog’langan so’z (kesim)ga nisbatan grammatik tobe munosabatda bo’ladi. Boshqaruvchi so’zga bog’lanish xarakteriga ko’ra, To’ldiruvchi 2 xil bo’ladi; vositasiz To’ldiruvchi va vositali To’ldiruvchi Vositasiz To’ldiruvchi tushum kelishigidagi so’z bn ifodalanadi va harakat bevosita yo’naltirilgan ob’ektni ko’rsatadi, o’timli fe’l kesimga bog’lanib, kimni? nimani? qayerni? so’roklariga javob beradi. Qiyoslang: Vali akasini ko’rdi. Tushum kelishigi belgisiz ham qo’llanishi mumkin; Karim kitob sotib oldi. Vositali To’ldiruvchi jo’nalish, chiqish va o’rinpayt kelishiklaridagi so’zlar yoki ko’makchi olgan so’z bn ifodalanib, harakatholat bevosita yo’naltirilmagan ob’yektni anglatadi. Masalan: akamga shaxmat o’yini yoqadi; Bizdan do’stlarga salom deng; Karim ruchka bilan yozdi.