TO’LINOY

TO’LINOY — oy yer atrofida aylanayotib, Quyoshga qarama-qarshi holatiga o’tayotganda ko’rinadigan holati. To’linoy osmonda yangi oy ko’ringandan keyin 13-kunda ko’rinadi, shunda 15 kunlik (anig’i 14,765 kunlik) oy ko’rinishida bo’ladi. Bu xrlatda erdagi kuzatuvchiga oyning Quyosh tomonidan yoritilgan yarim sferasi to’la ko’rinadi. To’linoy holatida oy yerning soyasi tomonida bo’lganida, ba’zan u bilan to’siladi, bunday paytda oy tutilishi sodir bo’ladi.