Tolipov Shukur Tolipovich

Tolipov Shukur Tolipovich (1908.5.1, Yangiyo’l, Toshkent viloyati — 1990.28.5, Toshkent) — kimyogar olim. Qozog’iston FA akad. (1967 y.dan) O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan va texnika arbobi (1950), kimyo fanlari dri (1948), prof. (1949). O’rta Osiyo untini tugatgan (1935), shu untda kafedra mudiri (1938 y.dan), dekan (1949 y.dan). Urush qatnashchisi (1941 — 45). Ayni vaqtda 1967 y.dan Chimkentdagi Qozog’iston kimyotexnologiya intida ilmiy maslahatchi. Asosiy ilmiy tadqiqotlari Nodir va tarqoq elementlarning analitik kimyosiga oid. Ftoridlar va turli organik reaktivlardan foydalanib, analiz qilish usullarini taklif etgan. Organik reagentlar sifatida tabiiy birikmalar (anabazin, gossipol, papaverin, pilokarpin va b.) va ularning sintetik hosilalarini o’rgangan. Nodir elementlar va biologik faol birikmalarni aniklashning fotometrik, kompleksonometrik, lyuminessent va elektrokimyoviy usullarini ishlab chiqqan.