Tolisafed qishlog’i haqida eshitganmisiz?
Tolisafed qishlog’i haqida eshitganmisiz? – Buxoro oblastining Vobkent rayonida. Toponim tarkibida tal termini butun O’rta Osiyo territoriyasida va tutash bo’lgan Rossiya oblastlari toponomiyasida ko’p uchraydi: Talibuzu, Talli tarnov, Talivarsin, Talichuqur, Taliavro’zi va hokazolar. Bu termin mazkur joyning relyefini bildiradi va “tepa, balandlik” demakdir. Turkiy xalqlarda bu so’z o’rnida bosh, tepa termnlari qo’llaniladi: Tal so’zi arab tiliga xosdir. Xorazmda tal – qal’alarning vayronalari, ko’hna xarobalardir. Safid tojikcha “oq” demak. Shunday ekan, Tolisafed “oq tepa” ma’nosidadir.



