Tolish tog’lari
Tolish tog’lari – Kavkazning Jan.sharqidagi o’rtacha balandlikdagi tog’lar (Ozarbayjon bilan Eron chegarasida). Kaspiy dengizi Jan.dagi Elburs tog’larining shim.g’arbiy davomi. Jan. sharkdan shim.g’arbga cho’zilgan va tog’ oraliq botiqlari bilan ajralgan 3 ta parallel (Kumurko’y, Peshtasar, Burovar) tizmadan iborat. Bulardan eng balandi — qoyali Kumurko’y tog’i (2477 m). T. t. Sharqda Lenkoran pasttekisligiga tik yon bag’irlik hosil qilib tushadi. Tog’larning 900 m dan 2200 m balandliklardagi qismida Kaspiy dengizi tomon nishablashgan tekisliklar mavjud. T. t. kaynozoyning flish, vulkanogen va intruziv jinslaridan tashkil topgan. Zilzilalar bo’lib turadi. Tog’larning Sharqiy yon bag’rida (600 m balandlikgacha) subtropik zona, undan yukrrida relikt daraxtlar (kashtan, bargli eman, temir daraxt va b.), keng bargli o’rmonzorlar mavjud. T.t.ning g’arbiy yon bag’rida butazorlar, tog’li kserofit va tog’o’tloqdasht o’simliklar o’sadi. Termal buloqlar bor.