Tolish xonligi

Tolish xonligi — Ozarbayjondagi tolishlar davlati. Nodirshoh davlati parchalanishi natijasida 18- a. o’rtasida Kaspiy dengizining Jan. g’arbiy sohilida barpo etilgan. Asoschisi — Sayd Abbos, mahalliy mulkdorlardan bo’lgan. Uning vafotidan so’ng o’g’li Gara taxtga o’tirgan (1747— 86). Iqtisodiyoti asosini dehqonchilik va chorvachilik tashkil etgan; xonlik poytaxti Lenkoran savdo va xunarmandchilik markaziga aylangan. Eron tomonidan qilinayotgan doimiy tajovuzlar tufayli T.x. tashki siyosatda Rossiya bilan yaqinlashishga harakat qilgan. 1795 y. xon Mir Mustafo Rossiyadan homiylik qilishini so’rab murojaat qilgan. 1802 y. T.x.ni Rossiya o’z vasiyligiga olgan. 1828 y.gi Turkmanchoy bitimiga ko’ra, esa Rossiya T.x.ni butunlay o’z hududiga qo’shib olgan.