Toluol

Toluol (ispancha tolu — tolu balzami — shundan ilk bor T. olingan), metilbenzol, S6N5SN3 — aromatik uglevodorod; yonuvchan, rangsiz suyukdik, benzol hidi keladi; qaynash trasi 110,6°; zichligi 870 kg/m3 (20° da). Ko’pchilik organik erituvchilar bilan aralashadi. T. ba’zi neftlar, toshko’mir smolasi va koks gazida bo’ladi. Sanoatda neft fraktsiyasini termik ishlash mahsulotlaridan olinadi. Issiqqa chidamli. Piroliz natijasida murakkab uglevodorodlar (benzol, ditolil, naftalin, antratsen) hosil bo’ladi. T.ni radiolizlab, ditolil, benziltolil, dibenzil olinadi. T.ni 500— 700° da vodorod bosimi (40-60 ATM) ostida dimetillab, undan sanoatda benzol ishlab chiqariladi. T.ni katalitik oksidlab, benzil spirt, benzaldegid, benzoy kislota, malein angidrid hosil qilinadi. T. kaprolaktam bo’yoklar, portlovchi moddalar (trinitrotoluol), farmasevtik va turli yarim mahsulotlar olishda ishlatiladi. Plastmassalar, lokbo’yoq, tipografiya bo’yoqlari olishda, rezina sanoatida erituvchi sifatida qo’llanadi.