Tomir jinslar

Tomir jinslar (petrografiyada) — er po’stida tomir va daykalar shaklida yotgan magmatik tog’jinslari. T. j. butkul mustaqil holatda yoki intruziv massivlar bilan boklik bo’lishi mumkin. T.j. kimyoviy va mineral tarkibi jihatidan otqindi tog’jinslariga qisman o’xshash. Intruziv jinslarga yaqin bo’lib, tarkibi jihatidan ulardan ajratib bo’lmaydigan ashxist va ma’lum darajada ajratsa bo’ladigan diashxist T.j. deb ataladi. Diashxist T.j., o’z navbatida, to’q rangli minerallarga boy (melanokrat jinslar yoki lamprofirlar), shuningdek, och rangli minerallardan tuzilgan (leykokrat jinslar — aplitlar) turlarga bo’linadi. Ba’zan bunday jinslar yirik yoki gigant zonali bo’lib, pegmatit tomirlar deyiladi. Intruziv tog’jinslarining deyarli har bir turiga Moe T.j. ning turlari — leykokrat yoki melanokrat jinslarga to’g’ri keladi. T.j., odatda, porfirsimon strukturali, asosiy massasi to’liq kristallangan bo’ladi, ba’zan shishasimonlari ham uchraydi.