Tomson effekti
Tomson effekti — termoelektr hodisalaraan biri; tokli o’tkazgich bo’ylab t-ra grandienti mavjud bo’lganda, issiqlikning zanjirda Joul—Lents qonuniga asosan ajralayotgan issiqlikdan tashqari, yana ma’lum mikdorda issiklikning ajralish yoki yutilish hodisasi (tok yo’nalishiga qarab). Tok kuchining kvadratiga proportsional bo’lgan Joul — Lents issikligi va Tomson issiqligining hosil bo’lishi bir-biridan tubdan farq qiladi. t-ra gradienta mavjud bo’lgan o’tkazgichdagi elektronlar sovuq o’tkazgichga o’tgavda kinetik energiyalarini atomlarga beradi va panjara atomlari xarakatga kelib, issiqlik (Tomson issikligi) ajraladi. Tok yo’nalishi o’zgarganda sovuq o’tkazgichdagi elektronlar trasi yuqori bo’lgan o’tkazgich atomlarining energiyasi hisobida energiyalarini oshiradi, ya’ni issiklik yutiladi. 1856 y.da u. Tomson (Kelvin) nazariy jihatdan kashf etgan.