Ton

Ton (tonos — keskinlik, kuchlanish) — 1) akustikat murakkab tovush spektrining eng kichik bo’lagi, bo’lak ton (oberton, underton). Musiqiy tovushdan farqli o’laroq oddiy tebranishlar na-tijasida hosil bo’ladi; 2) musiqiy intervallar kattakichikligini belgilovchi o’lchov (masalan, katta sekunda — butun Ton, kichik sekunda — yarim Ton); 3) muayyan baland-pastlikka ega bo’lgan tovush, musiqa tovushi, lad pogonasi (masalan, 1 pog’ona asosiy yoki bosh Ton, tonika), akkord tovushi, kuyning eng kichik elementi.