To’ng’izlar, qobonlar yovvoyi cho’chqalar

To’ng’izlar, qobonlar yovvoyi cho’chqalar (Suidae) — kavsh qaytarmaydigan juft tuyoqlilar oilasi. Tumshug’i uzun, uchi doyra shaklidagi yassi va tuksiz harakatchan tog’aydan iborat. Tanasidagi junlari siyrak, asosan, dag’al qillardan iborat. Yuqori jag’laridagi qoziq tishlari yaxshi rivojlangan, uzun, yuqoriga qayrilgan. Oyoqlari 4 barmoqli, yon barmoklari (2 va 3 sm) kaltaroq bo’lib, yerga zo’rg’a tegib turadi. Oshqozoni oddiy. 5 urug’i: To’ng’izlar, so’galli To’ng’izlar, babirussalar, tukquloq To’ng’izlar, o’rmon To’ng’izlar ma’lum. Keyingi 4 uruqqa bittadan tur, birinchi uruqqa 3 tur; so’galli To’ng’izlar (Malakka yarim orolida), karlik To’ng’izlar (Himolayda) va yovvoyi To’ng’izlar (Shimoliy Afrika va Yevrosiyoda) kiradi. O’zbekistonda To’ng’izlar tog’ o’rmonlari va to’qaylarda yashaydi.