Tonik she’r tizimi

Tonik she’r tizimi (Yun. tonos — urg’u) — misralardagi urg’u mikdori bilan o’lchanadigan she’r tuzilishi, unda urg’usiz so’zlar mikdori ixtiyoriy bo’ladi. T.sh.t. ham sillabik she’r tizimi kabi eng oddiy she’r shakllaridan hisoblanadi. Sillabik she’r tizimi qo’shiqbop va kuybop she’rlarda qo’llansa, T. sh.t. turli xalklarning nasriy shakllarida, ko’proq maqol, matal, topishmoklar va b.da ishlatiladi. Tonik she’r nasrga yaqin bo’ladi, u, odatda, alliterasiyali, qofiyadosh misralar uyg’unligini ajratib ko’rsatish uchun xizmat qiladi. Qofiyalanmagan T.sh.t. qofiyalangan tonik she’rlardan keskin farkdanadi, ya’ni u misralararo urg’ularning bir xilligiga qat’iy amal qiladi. Agar urg’uli bo’g’inlar bilan urg’usizlari ma’lum tartibda kelsa, T.sh.t. bilan sillabiktonik she’r o’rtasidagi oraliqshe’r shakli vujudga keladi. Bunda she’riy o’lchov ham ishtirok etadi. Hozirda rus she’riyatida T. sh.t. ham, sillabiktonik she’rlar ham baravar yaratilmoqda. Rus shoirlarining O’zbekcha tarjima qilingan asarlarida T. sh.t. qoidalariga rioya kilinadi.