To’nyuquq bitiktoshi
To’nyuquq bitiktoshi – marmar bitiktosh, turkiy yozuv yodgorligi, Eltarish xoqon (680)ning maslahatchisi va sarkarda To’nyuquq (taxm. 645-726) sharafiga qo’yilgan (712-716). UlanBatordan 66 km Jan.sharkda joylashgan. Bitik 62 satrdan iborat bo’lib, Jan.va shim. tomonlarga bir-biriga qaratib qo’yilgan 2 to’rt qirrali tosh ustunga yozilgan. Jan. dagi ustunning bal. 170 sm, shim. dagisiniki 160 sm. Bitikning 1—7satrlari toshlardan birining g’arbga, 8—17satrlar Jan.ga, 18—24satrlari sharqqa, 25—35satrlari shim.ga qaragan tarafiga yozilgan. Bitikning 36—44satrlari ikkinchi toshning g’arbga, 45— 50satrlari Jan.ga, 51—58satrlari sharqqa va 59-62 satrlari shim.ga qaragan tarafiga bitilgan. Bitiktoshda Turk xoqonligining qayta tashkil topishi, bu ishda Eltarish xoqonning xizmati, To’nyuquqning xoqonlik shakllanishi, yuksalishidagi, turli o’lka va qabilalarga qarshi uyushtirilgan harbiy yurishlardagi qahramonligi, vatanparvarligi batafsil bayon etilgan. Yodgorlik nafaqat badiiytarixiy asar sifatida, balki qad. toponimlar va etnografizmlarni o’rganish nuktai nazaridan ham ahamiyatlidir. Jumladan, unda Tabg’ach (Xitoy), Shantung (Shandun — shim.Sharqiy Xitoydagi provintsiya), O’tukan (Oltoy va Xingan tog’lari oralig’idagi vodiy), Ko’gman (Sayan tog’lari), To’g’la (tola daryosi), Oltun (Oltoy), Yinchu ug’uz (Sirdaryo), Sug’d, Temir Qapig’ (Darband — Hisor tog’idagi dovon) kabm o’lka va joy nomlari, turk, o’g’uz, Qitaniy, Turgash, qirg’iz singari kabila nomlari uchraydi. Mazkur bitiktoshni 1897 y.da rus etnografi Elizaveta Klements eri Dmitriy Klements bn birga shim. Mo’g’ulistonning BainSokto manzilidan topgan. Dastlab, bitiktoshning fotosurati, transkripsiyasi va nemischa tarjimasi V. V. Radlov tomonidan 1899 y.da nashr ettirilgan. Yodgorlik matni dan(dat), ingliz, rus, frantsuz, nemis tillariga tarjima qilingan, turk va o’zbek tillarida tavsif etilgan. Ad.: Abdurahmonov F., Rustamov A., Qadimgi turkiy til, T., 1982. G’aybulla Boboyorov.